“Ayaks” himoyachisi Matteys de Ligt hamda “Atletiko” hujumchisi Antuan Grizmanning “Barselona”ga o‘tishi so‘roq ostida qolmoqda.
Jurnalist Jerar Romeroning ma’lum qilishicha, agarda kataloniyaliklar niderlandiyalik va fransuz bilan kelishuvga erishmagan taqdirda klub rahbariyati boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqadi.
“Barselona” de Ligt kabi xarakterga ega himoyachi qidirmoqda, chunki uning agenti Mino Rayola futbolchi uchun katta miqdordagi tovon puli talab qilmoqda. “Manchester Yunayted” hamda “Bavariya” klublari 19 yoshli o‘yinchi uchun yaxshiroq taklif bilan chiqqan.
El Mundo Deportivo’ning xabariga ko‘ra esa “Barselona” de Ligt transferidan voz kechgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)