25-may, shanba kuni futbol bo‘yicha Portugaliya Kubogi finalida Lissabonning “Sporting” klubi “Nasional” stadionida “Portu” jamoasi bilan bahsga kirishdi.
Uchrashuvning 40-daqiqasida hujumchi Tikinyo aniq zarbasi bilan jamoasini hisobda oldinga chiqib oldi (0:1). Oradan 5 daqiqa o‘tib esa “ajdarlar” yarim himoyachisi Pereyra Danilu o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi va hisob tenglashdi (1:1). O‘yinning asosiy vaqtida g‘olib nomi aniqlanmadi va jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarda ham o‘ynashga majbur bo‘ldi.
101-daqiqada lissabonliklar hujumchisi Bas Dost “Portu” darvozasiga gol urdi (2:1). Bellashuvning so‘nggi daqiqalarida esa “Portu” klubi himoyachi Augusto Felipening goli bilan javob qaytardi (2:2). Qo‘shimcha bo‘limlar ham durang bilan yakunladi.
Penaltilar seriyasida esa “Sporting” klubi “Portu”ni 5:4 hisobida mag‘lub etdi va Portugaliya Kubogiga ega chiqdi.
Ma’lumot uchun, bu Lissabon klubining kubok tarixidagi 21 va 2015-yildan buyon dastlabki sovrini bo‘ldi. “Portu” hisobida esa 20 ta shunday sovrin mavjud.
Portugaliya Kubogi
Final bahsi
25-may, shanba
“Sporting”—“Portu” 2:2 (penaltilar seriyasi — 5:4)
Gollar: 0:1 — 40 Tikinyo, 1:1 — 45, avtogol, Danilu, 2:1 — 101 Dost, 2:2 — 120+1 FelipeYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)