Roman Jumabayev Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda “Makan.uz” xabar bermoqda.
U 2010-yildan shu kunga qadar “O‘zagrolizing” AJ respublika filiali direktori lavozimida ishlab kelgan. Mehnat faoliyati davomida Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Mutaxassisligi muhandis-mexanik, huquqshunos.
Ma’lumot uchun, Qorao‘zak tumanining bundan avvalgi hokimi Dauletbay Utemuratov Qoraqalpog‘iston tarixida eng uzoq vaqt davomida bitta tumanga rahbar bo‘lgan. U 2010-yildan boshlab Qorao‘zak tumanini boshqarib kelayotgandi.
Izoh (0)