“Valensiya” Ispaniya Kubogi finalida “Barselona”ni mag‘lubiyatga uchratdi (2:1).
Bu valensiyaliklar bosh murabbiyi Marselino Garsiya Toral uchun faoliyati davomida yuqori diviziondagi dastlabki sovrini bo‘ldi.
Bunga qadar 53 yoshli ispaniyalik Xixonning “Sporting” klubi, “Rekreativo” (2005/06-yilgi mavsum Segundada g‘alaba qozongan), “Rasing”, “Saragosa”, “Sevilya” hamda “Vilyarreal” klublarini boshqargandi.
Bundan tashqari Toral “Barselona” bilan kechgan 21 ta uchrashuvda birinchi marta kataloniyaliklardan ustun keldi. Avvalroq u “Barselona”ga qarshi 6 ta durang va 14 ta mag‘lubiyat natija qayd etgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)