Rossiyada ishlab chiqarilgan Mi-17 vertolyoti Meksikada halokatga uchradi. Bu haqda mamlakat Harbiy-dengiz kuchlari vazirligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Excelsior portalining ma’lumotlariga ko‘ra, vertolyot Keretaro shtatidagi o‘rmon yong‘inlarini ochirishda ishtirok etayotgan bo‘lgan. Vertolyot bortidagi 7 kishining taqdiri qanday kechgani haqida ma’lumotlar yo‘q, biroq OAVlar ularning o‘lganini taxmin qilmoqda.
2012-yilning noyabrida Rossiya tomonidan Meksika Harbiy-dengiz kuchlariga uchta Mi-17B-5 vertolyoti yetkazib berilgan edi. Hozirda mamlakat qurolli kuchlarida jami 20 ta Mi-17 vertolyoti mavjud.
Izoh (0)