FDG Developer kompaniyasining yangi Riverside TJMdagi xonadonlarni 135 million so‘mdan xarid qilish mumkin.

First Development Group (FDG) developer kompaniyasi 2017-yilda tashkil etilgan. Bu yirik xorijiy Gesheft Invest xolding kompaniyasining sho‘ba korxonasi hisoblanadi. FDG yuqori sifatli zamonaviy uy-joy qurilishi va obyektlar infratuzilmasini qurishga ixtisoslashgan bo‘lib, ishonchli ishlab chiquvchi sifatida o‘z obro‘sini saqlab qolmoqda. Kompaniya maqsadi — yangi turmush darajasini ta‘minlaydigan va yangi ko‘chib kelganlarning farovonligiga hissa qo‘shadigan shinam va qulay maskan yaratishdir.

1-may kuni FDG kompaniyasi yangi Riverside turar joy majmuasidagi uylar savdosini boshladi. Qurilish binosi Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Qorasuv daryosi yaqinida joylashgani sabab mazkur nomga sazovor bo‘ldi. Turar joy majmuasi 0,9 gektar maydonga ega.

1-iyulga qadar quruvchi kompaniya tomonidan maxsus taklif amal qiladi — kotlovan, ya’ni qazish jarayoni bosqichida xonadonlar narxi 1 m.kv uchun 4,7 million so‘mdan  boshlanadi.

Savdo boshlanganda esa xonadonlar narxi 135 million so‘mdan boshlanadi.

Ushbu majmua geografik jihatdan qulay — Toshkentning sokin, shovqinsiz hududida  joylashgan va shaharning barcha tumanlarini bir-biriga bog‘lovchi yo‘l va avtomagistrallar bilan ta’minlangan.

First Development Group kompaniyasining turar joy majmuasida uylarni xarid qilish afzalliklari:

  • xonadonning bo‘lajak sohiblarining yashashi uchun shinam va qulay sharoitlar. Qurilish jarayonida faqatgina yuqori chidamli materiallardan foydalaniladi;
  • suv maskani va shahardagi go‘zal manzara, betakror arxitektura;
  • qulay tuzilish, bolalar maydonchasi, avtoturargoh va puxta o‘ylangan obodonlashtirilgan hudud har bir aholining asosiy baxtiga aylanadi;
  • “Mashinalarsiz hovli” tushunchasi: xavfsizlik, kengaytirilgan shinam hudud va gazlar bilan ifloslanmagan havo. Endilikda bu kabi atmosfera Riverside turar joy majmuasi aholisi uchun mavjuddir;
  • ota-onalar o‘z farzandlari uchun hotirjam bo‘lishlari mumkin: uylarning ichki hudidida xavfsiz sayr qilish mumkin, bolalar maydonchasi esa o‘tkinchi odamlardan holi bo‘ladi. Shuningdek, azaliy avtoturargoh bahslariga ham hojat qolmaydi;
  • fasad qismining tashqi bezak ishlari uchun uzoq muddatli yuqori sifatdagi zamonaviy materiallar qo‘llaniladi;
  • tekis harakatlanuvchi keng va xavfsiz lift;
  • shovqinga qarshi sifatli izolatsiya: xonadon devorlari gaz betonlardan qurilgan bo‘lib, shovqinni yuqori darajada ushlab qolish xususiyatiga ega;
  • uy-joy qulay narxlarda va loyiha o‘z vaqtida foydalanishga topshirish kafolati.

Shuningdek, FDG majmua hududida keng ko‘lamli sayr qilish maydonini yaratishni rejalashtirmoqda: maysazorlar, o‘rindiqlar, axlat qutilar, bolalar maydonchasi, mashinasiz hovli.  Avvallari avtomobillar egallagan yerlar yo‘lovchilar uchun yo‘laklarga, ko‘kalamzorlashtirilgan yam-yashil  hudud, sport va harakatli o‘yinlar uchun maydonlarga aylantiriladi. Quruvchi kompaniya jamoat joylari konsepsiyasini takomillashtirib, o‘z aholisining turmushiga va ularnini vaqtni mazmunli o‘tkazish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratmoqda.

Riverside — bu mashhur Parkent Plaza TJMdan keyin developer kompaniyasining ikkinchi loyihasidir.  Keyinchalik, LEED (The Leadership in Energy & Environmental Design) sertifikati hisobiga —  yashil qurilishga oid binolar uchun ixtiyoriy sertifikatlash tizimi orqali mashhur bo‘ldi.

Dastur barqaror rivojlanish loyihalarining energiya samaradorligi va sofligini baholash uchun “Yashil binolar bo‘yicha Amerika kengashi” tomonidan ishlab chiqilgan.

FDG kompaniyasi standartlariga muvofiq, Riverside TJM zamonaviy innovatsiyalar va texnologiyalar asosida quriladi.

Batafsil ma’lumotni savdo bo‘limida yoki telefon orqali olish mumkin:

(+998) 99-870-80-08,

(+998) 99-860-80-08,

(+998) 97-342-67-76.

Savdo bo‘limining manzili: Mirzo Ulug‘bek tumani,  Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi, 430 uy

Veb-sayt: fdg.uz

Telegram: t.me/fdguz

Instagram: @fdg_uz

Facebook:  fb.com/firstdevelopmentgroup

Reklama huquqi asosida.