Rossiya Federatsiyasining Bogorodsk shahri yaqinida joylashgan “Nijniy Novgorod xalqasi” poyga yo‘lida Rossiya “Xalqa” chempionatining navbatdagi bosqichida Ravon Racing Team jamoasi o‘zining ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ravon Racing Team jamoasi poygaga maxsus tayyorlangan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan ikkita Ravon Nexia R3 avtomobillarida “Akademiya ralli”, “S-logistik”, “Suvar motorsport” kabi jamoalar bilan raqobatlashdi.
Mazkur poygada Ravon Nexia R3 ni boshqargan Yefim Gantmaxer “Turing layt” klassining yetakchisi, 5 karra Rossiya chempioni Vladimir Cherevandan g‘alabani ilib ketdi.
Ma’lumot uchun, Ravon Racing Team avtomobillari Samara shahrida joylashgan Team80 Motorsport Engineering injenerlari tomonidan poyga uchun maxsus tayyorlangan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)