Italiyalik murabbiy Machello Lippi Xitoy terma jamoasini boshqaradi. Bu haqda Xitoy futbol federatsiyasi xabar berdi.
Mutaxassis 4 oy avval jamoani tark etgandi va uning o‘rnini boshqa bir italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro egallagandi. Xitoy futbol federatsiyasi Marchello Lippining yordami bilan terma jamoa 2022-yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi mumkin deb hisoblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fabio Kannavaro Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgandi.
Ma’lumot uchun, Lippi 2006-yilgi Jahon Chempioni hisoblanadi. U Italiya terma jamoasi bilan mundialda g‘olib chiqqandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)