• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Surxondaryoda o‘ziga qabr qazdirib, tiriklayin ko‘mmoqchi bo‘lganlarga sud hukmi o‘qildi

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati Qiziriq tuman sudidagi ochiq sud majlisida jinoiy til biriktirgan aybdorlar O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan ayblandi va sud hukmi o‘qildi, deya xabar berdi O‘zA.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Jarqo‘rg‘onlik N.Ibragimov, N.Temirov va X.Axmedov moddiy naf ko‘rish maqsadida 2018-yil 1-sentabr kuni jinoiy til biriktirib, reja tuzishgan. Jinoiy rejaga ko‘ra, Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Cho‘lbegi chinor” fermer xo‘jaligi rahbari N.Ibragimov “Obod baraka siymo” fermer xo‘jaligining raisi A.Eshnazarovni chaqirtirib, N.Temirov bilan uchrashtirish vazifasini a’lo darajada bajaradi. Rejaning keyingi bosqichida N.Temirov va X.Ahmedov A.Eshnazarovga turli xil vajlarni bahona qilib, undan tovlamachilik yo‘li bilan pul olishni maqsad qilingan.

    – Avvaliga N.Ibragimov menga “Avaz va Navro‘z bilan muammongiz bor ekan. Bu muammoni hal qilish kerak”, — dedi. “Mening muammom bo‘lsa, o‘zim hal qilaman” dedim. Undan keyin Nozim Temirov va Husniddin Ahmedov bilan “Uzumzor” mahallasi hududidagi adirlikka bordik. O‘z-o‘zidan Nozim Husniddinni qiynab ura boshladi. Keyin mashinadagi belkurakni menga berib “Yerni kovla o‘zingga go‘r qaziysan” degach, belkurakni olib bir metrlar chuqur kovlaganimdan so‘ng chuqurga tushishimni aytdi. “Agar ellik million so‘m bersang, senga teginmayman. Bu voqea haqida kimgadir aytib qo‘ysang, o‘zingni ham, oilangdagilarni ham ayab o‘tirmayman” po‘pisasidan qo‘rqib ketdim. Uning shartiga rozi ekanligimni aytganimdan so‘ng qo‘limga daftar ruchka berib “Ellik million so‘m Temirov Nozimdan qarz oldim” deb yozib qo‘l qo‘yishimni aytdi. Yozib qo‘l qo‘yganimdan keyin N.Temirov va X.Ahmedov ham qo‘l qo‘ydi. O‘zimga tegishli fermer xo‘jaligining muhrini bosganimdan so‘ng mashinamni sotish harakatiga tushdik. Bu orada N.Temirovning jiyani S.Arapov yonimga kelib “Olti million so‘m bersang, yozgan tilxatingni va videotasvir tushirilgan fleshkani o‘zim yo‘q qilaman, bular ham seni tinch qo‘yadi” deb tazyiq o‘tkazgan bo‘lsa, N.Temirov esa mashinamni sotib bergan o‘ttiz yetti million so‘mga qanoat qilmasdan “Mana seni tilxating, telefonimda videotasviring bor, agar biror kishiga aytsang seni oilang bilan birga o‘ldirib yuboraman. Qolgan o‘n uch million so‘m qarzingni ham tezroq qaytar” deb qilgan iddaolari viloyat IIBga murojaat qilishga majbur qildi.

    Nasimbek Ibragimov “Jarqo‘rg‘on” tumanidagi “Cho‘lbegi chinor” fermer xo‘jaligining raisi bo‘lib ishlaydi. Bu jinoyatga aloqasi yo‘qligini ta’kidlar ekan, quyidagilarni so‘zlab berdi:

    – Alisher Eshnazarov bilan ko‘p yillardan buyon hamkorlikda ishlaymiz. Faoliyatimiz bir-biriga o‘xshash bo‘lgani uchun bir necha marotaba oldi-berdi ham qilganmiz. 2017-yil qarz so‘raganida, o‘zi rahbarlik qilayotgan “Obod baraka siymo” fermer xo‘jaligi hisob raqamiga 2017-yil yigirma million so‘m pulni ko‘chirish yo‘li bilan qarz sifatida o‘tkazgandim. Biroz vaqt o‘tib, ushbu pullardan o‘n sakkiz million so‘mni qaytarib, qolgan ikki million so‘mni keyinroq berishini aytgandi. Qarz bergan bo‘lsam ham biror marta A.Eshnazarovga zo‘ravonlik qilganim yo‘q.

    N.Ibragimov sudda yolg‘on ko‘rsatma berganligi ma’lum bo‘lgach, fermer qo‘pchilikning oldida uyatga qoldi. Surishtiruv davomida ATB “Agrobank” Jarqo‘rg‘on filialining 2018-yil 18-noyabrdagi xatiga ko‘ra “Cho‘lbegi chinor” va “Obod baraka siymo” fermer xo‘jaliklari o‘rtasida pul mablag‘lari yaqin o‘n yil ichida o‘tkazilmaganligi aniqlandi. Kreditga olgan mashinasini sotishga majburlandi.

    A.Eshnazarov 2018-yil yozining ilk kunlarida yaxshi niyatlar bilan bankdan turmush o‘rtog‘i D.Xurramovaning nomiga Cobalt rusumli avtomashinasini kredit asosida olib, sentabr oyigacha avtomashina kreditlarini o‘z vaqtida to‘lab kelgan.

    Uyushgan jinoyatchilar qarmog‘iga tushib qolib, o‘z jonini himoya qilishga uringan A.Eshnazarov kredit asosida olgan mashinasi uyushgan jinoyatchilarning qistovi va ishtirokida denovlik xaridorga to‘qson bir million so‘mga sotishga kelishgan.

    – Nozimni tazyiqi ostida Denov tumanida yashovchi Z.Ashurovga kreditdagi mashinamni to‘qson bir million so‘mga sotdim. Pulning o‘ttiz yetti million so‘mini bergan Z.Ashurov qolgan qirq uch million besh yuz ming so‘mni avtomashinaning krediti uchun o‘zi to‘lashiga va rasmiylashtirish davomida yana o‘n million besh yuz ming so‘mni berishiga kelishdik.

    Avvaliga Jarqo‘rg‘on tumani “Paxtaobod” mahallasida joylashgan bilyardxonasiga olib borib qo‘yishni so‘ragan Nozim mashinadan tushar ekan Alisher Eshnazarovga shu yerda kutib turishini, bir joyga borib kelishini aytib, o‘zi bilyardxonadan belkurak, oq polietilen paketda pichoq va arqon olib chiqib, A.Eshnazarovga Jarqo‘rg‘on tumani, “Uzumzor” mahallasi hududidagi adirlikka olib borib qo‘yishni so‘ragan.

    Cobalt avtomashinasida aytilgan joyga yaqinlashganda Nozimning rejasiga ko‘ra yo‘lga chiqib turgan Husniddinni ham mashinaga mindirib olishdi. Manzilga yetgan, o‘z-o‘zidan Husniddinni urib, uni o‘ldirishga shaylangan Nozimning vajohatidan Alisher cho‘chib ketdi. A.Eshnazarovning ruhiy holatiga ta’sir o‘tkazish uchun Husniddinning qo‘lini arqon bilan bog‘lab qo‘ygan Nozim Alisherning qo‘liga belkurakni berib, yerni qabr shaklida kovlashni buyurdi. Alisher Nozimning topshirig‘i bilan qabr shaklida qazilgan chuqurlikka tushishdi. Eng dahshatlisi, qo‘llarini o‘zi bilan olib borgan arqon bilan bog‘lab, bo‘yniga pichoq tirab, o‘ldirishga uringan.

    – To‘g‘risini aytsam, o‘zimdan ko‘ra oilamni, farzandlarimni yo‘qotishdan qo‘rqdim, – deydi A.Eshnazarov. – Ularning talabiga rozi bo‘ldim. Shundan so‘ng o‘z mashinamda yana bilyarxonaga qaytayotganimizda Nozim tanishlaridan biriga mashinamning 4ta g‘ildiragini yechib berib yubordi. Shundan so‘ng bilyardxona ichkarisiga meni qamab qo‘yishdi. Ular menga zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilishdi. Qorong‘u xonada Nozimdan jabr ko‘rganini, unga qarshi chiqib bo‘lmasligini, kerak bo‘lganda pul, boylik uchun otasini ham ayamasligini bot-bot takrorlagan Husniddin ham aslida Nozim uchun ishlaganini keyin bildim.

    37 million pulni bo‘lib olgan shovvozlar 3 millionini ehson qilishgan Alisher Eshnazarovning avtomashinasini sotishdan tushgan o‘ttiz yetti million so‘mni olgan Nozim Temirov A.Eshnazarovga yana o‘n ikki million so‘m berishni aytib, iddao qilgan. Osongina jinoiy yo‘l bilan olingan o‘ttiz yetti million so‘mni o‘tgan yilning 3-sentabr kuni kechki vaqtda N.Temirov, N.Ibragimov va X.Ahmedov o‘zaro bo‘lib olib, ushbu puldan uch million so‘mini Jarqo‘rg‘on tumanidagi “To‘raxon o‘g‘li Ahmadxon” jome’ masjidiga ehson qilishgan.

    – Jarqo‘rg‘on tumani “Obodguzar” mahallasidagi “To‘raxon o‘g‘li Ahmadxon” jome’ masjidida qorovul bo‘lib ishlayman, – deydi S.Ahmedov.

    – 3-sentabr kuni taxminan soat 22:00 larda H.Ahmedov va N.Temirov masjidga kelib, imomni so‘rashdi. U kishi ertaga ertalab kelishini aytganimda, “Bizni ertaga kelishga vaqtimiz yo‘q, o‘zingiz berib qo‘yasiz” deya, uch million so‘mni ehson sifatida berib ketishdi. Ertasi kuni ertalab masjid imomi O.Shonazarovga omonatni topshirdim.

    N.Ibragimov N.Temirov va H.Ahmedov bilan jinoiy til biriktirib, ular bilan A.Eshnazarovni qo‘rqitib, undan tovlamachilik yo‘li bilan pul olishni va bevosita ushbu holatni amalga oshirishni N.Temirov va H.Ahmedovga yuklatgan. N.Temirov o‘zining tashabbusi bilan A.Eshnazarovni o‘ldirish bilan qo‘rqitgan va ushbu holatda H.Ahmedov unga ko‘maklashgan, bundan tashqari N.Ibragimov voqea joyida bo‘lmagan, A.Eshnazarovni o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitmagan hamda uni zo‘rlik ishlatib, g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilmagan, u faqatgina tovlamachilik jinoyati sodir etilishiga tashkilotchilik qilgan.

    Sudlanuvchi N.Ibragimov va S.Arapov O‘zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 2-qismi “v” bandida, sudlanuvchi N.Temirov va H.Ahmedov O‘zbekiston Respublikasi JKning 112-moddasi 1-qismi, 138-moddasi 1-qismi va 165-moddasi 2-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishgan, – deydi Jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziriq tuman sudi raisi Baxtiyor Mamadaminov. – Sudlanuvchi N.Ibragimov 4 (to‘rt) yilga, N.Temirov 5 (besh) yil 3 (uch) oy, H.Ahmedov 3 (uch) yil 6 (olti) oy, S.Arapov 3 (uch) yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi

    24.05.2019, 11:05   Izoh (0)   117640
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Onlayn hujjat topshirish uchun abituriyentlardan elektron imzo talab etilmaydi

    24.05.2019, 10:32

    Jamoliddin Aloydinov Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi

    24.05.2019, 09:30

    Toshkent YHXB Facebook’ka joylashtirilgan video sabab qoidabuzarni jarimaga tortdi

    24.05.2019, 09:20

    IIBB ijtimoiy tarmoqdagi murojaatga ko‘ra “Bek baraka” bozori qarshisidagi panjaralarni ta’mirladi

    24.05.2019, 09:15

    IIB Andijonda o‘tkazgan sayyor qabulda 50 dan ortiq murojaat ko‘rib chiqildi

    24.05.2019, 08:31

    O‘zbekistonda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar ko‘mir va tabiiy gazga muqobil boshqa yoqilg‘i turlaridan foydalanishga o‘tkaziladi

    24.05.2019, 08:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda chivinlar tashiydigan yuqumli kasallikka chalinish ortdi

    Dunyo | 4 avgust, 02:25

    Hindistonda kamida 14 kishi avtomobilda kanalga tushib ketdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 23:35

    Afg‘oniston va O‘zbekiston tadbirkorlari 20 mln dollarlik memorandum imzoladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 23:27

    Sirdaryoda 1,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:52

    Superliga. “Andijon” “Qo‘qon-1912”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 3 avgust, 22:35

    Avstraliyada 40 yilda ilk bor rekord miqdorda qor yog‘di (video)

    Dunyo | 3 avgust, 22:15

    “Rakurs” — zo‘ravonlik, ruhiy bosim va pedofilizm. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik nega ko‘paymoqda? (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.