PSJ yarim himoyachisi Adriyen Rabyo karyerasini Angliyada davom ettirishi mumkin.
Xabar berilishicha, “Manchester Yunayted” iyul oyida erkin agent maqoimini oladigan 24 yoshli fransuzni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Rabyo parijliklar bilan yangi shartnoma tuzishdan bosh tortganligi sababli jamoaning asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotib qo‘ydi va o‘tgan yilning dekabr oyidan buyon maydonga tushmadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)