AQShning Florida shtatida 1984-yili 8 nafar ayolni o‘ldirganligini tan olgan Jo Long qatl etildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
O‘lim jazosi in’eksiya qilish yo‘li bilan amalga oshirildi.
Long 1985-yilda 22 yashar Mishel Simmsni o‘ldirganligi uchun oliy jazoga hukm qilingandi. Keyinchalik u yana 7 nafar ayolning umriga zomin bo‘lgani va kamida 40 nafar ayolni zo‘rlaganini tan olgan.
Politsiya Longni 1984-yili, 17 yoshli Liza Makvey zo‘ravonni uni qo‘yib yuborishga ko‘ndirganidan so‘ng hibsga olgandi.
Izoh (0)