• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” surishtiruvi: Buxoro dehqon bozorida 15 yashar qiz farrosh tomonidan kaltaklandi. Bu xorijlik sayyohlar ko‘z o‘ngida yuz berdi

    Buxoro dehqon bozorida 15 yashar qiz farrosh tomonidan kaltaklandi. Bozor ma’muriyati xodimlarining bildirishicha, ushbu holat sotuvchilarning mahsulotlarni o‘ziga belgilangan savdo rastasida emas, ko‘chada savdo qilishi oqibatida yuzaga kelgan. Ayrim sotuvchilar esa bu bozor rahbarlarining buyrug‘i bilan ro‘y berganini bildirmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Joriy yilning 14-may kuni ertalab Buxoro shahar soliq inspeksiyasi, Davlat sanitariya va epidemiologiya nazorat markazi, Buxoro shahar IIB vakillari hamda markaziy dehqon bozori ma’muriyati xodimlari tomonidan fuqarolarning ruxsat etilmagan joyda noqonuniy savdo-sotiq faoliyati bilan shug‘ullanishlariga chek qo‘yish maqsadida hamkorlikda tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida xodimlar va sotuvchilar o‘rtasida janjal sodir bo‘lgan. Janjal oqibatida 2004-yilda tug‘ilgan non sotuvchi qiz Maftuna G‘afforova (ismi-shariflar o‘zgartirilgan) lo‘li millatiga mansub bozor xodimasi Hurriyat Yo‘ldosheva tomonidan sochidan burab mushtlangan va burni qonatilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Bu qizning onasi Rossiyada, uyi yo‘qligi uchun mening uyimda yashaydi, onasi menga ishonib, qaramog‘imga qoldirgan. 40 yildan buyon non pishirib sotaman. Qo‘limda ellikka yaqin odam ishlaydi. Shu kuni non sotuvchilar nonlarni aravachaga yuklab, “Buyum bozori”ga olib chiqqan. U qiz ham qo‘shilishib borgan. Nazoratchilar belgilangan joyda sotishni talab qilishgan, bu to‘g‘ri. Lekin talab urish, so‘kish yoki kaltaklash orqali amalga oshirilmaydi. Non sotuvchilarning aravachasini sudrab, zo‘rlik bilan tortib chiqarib tashlashayotganda ular qarshilik ko‘rsatgan. Keyin janjal boshlangan. Shu topda jon holatda yugurib yetib bordim. Hurriyat Yo‘ldosheva tashqaridagi janjal yetmagandek, non sotish rastasiga qochib kelgan qizni sochini tutamlab o‘rab olib, mushtlagan. Undan “Nima bo‘ldi, nega uryapsan?” deb so‘rasam, “Agar ko‘cha sotuvchilarini urib, rastalarga olib kirishga yordamlashsam, yaxshiroq pul berisharkan”, dedi. Bozor rahbarining sotuvchi, tadbirkorlarni urishi va urdirishi birinchi marotaba emas. Juda ko‘p joylarga murojaat etdik. Lekin hammasi bosdi-bosdi bo‘lib kelgan, — dedi tadbirkor To‘ygul Majidova.

    Maftuna G‘afforova uchun “Tez yordam” mashinasi chaqirilib, shifoxonaga olib ketilgan. Qizga qon bosimining oshishi hamda musht oqibatida qattiq bosh og‘rig‘i tashxisi qo‘yilgan.

    Buxoro markaziy dehqon bozoriga joriy yilda 187 million so‘m evaziga 82 ta videokamera qo‘yilgan. Janjalning har bir holati videotasvirlarga muhrlangan. Mavjud, lekin ovozsiz lavhalarda hamkorlikda o‘tkazilayotgan tadbir davomida bir nechta sotuvchilarning ham nazoratchilarga tashlangani va qarshilik ko‘rsatgani holati bor.

    — Ilojimiz yo‘q. Mahsulotlarimizni tezroq yig‘ishtirib olmasak, epchillik qilmasak, ularni lo‘li farroshlarning olishi hech gap emas. Ular nongayam, mevalargayam surbetlarcha yopishadi. Bermasangiz, qarshilik ko‘rsatsangiz, uradi. Hatto homilador ayollarni, qizlarni ham urishgan. Ma’muriyatdagilar tomoshabin bo‘lib o‘tiradi. Buning sababini lo‘li farroshlardan so‘rasak, “Agar shu ishlarni qilmasak, bizni ishdan bo‘shatishadi”, deyishdi. Bozor rahbari ular orqali qanday natijaga erishmoqchi bo‘lyapti, bilmadim, ammo bu yo‘l noto‘g‘ri, sotuvchi, tadbirkorlar ziyoniga xizmat qiladi, xolos, — deydi To‘ygul Majidovaning kelini.

    Ma’lum bo‘lishicha, Buxoro Markaziy bozorida 35 nafar farrosh bo‘lib, shundan 28 nafari lo‘li millatiga mansub. Janjal holatlarini videotasvirdan kuzatar ekanmiz, uning Buxoroyi sharifga tashrif buyurib, bozorlari bilan tanishishga chiqqan ko‘plab sayyohlar ko‘z o‘ngida ro‘y berganini afsus bilan qayd etish joiz.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Shundoq janjal paytida xorijliklar ham kelishdi, ko‘rishdi, guvoh bo‘lishdi, suratlarga olishdi,—deydi Shahlo ismli pishiriq sotuvchi ayol. — Maftuna aqlli, esli-hushli qiz. U birov bilan janjallashadigan yoki talashadigan emas. Qo‘qqisdan farrosh xotin kelib, uning urishini ko‘rib, yig‘lab yubordim. Ko‘z oldim qorong‘ulashib, hushdan ketibman.

    Mazkur holat shu kuni Buxoro shahar IIO FMB 2-son IIB Shakl-2 kitobiga 288/1471-raqami bilan qayd qilingan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    — Yaqinda viloyat hokimi boshchiligida Buxoro markaziy dehqon bozorining old qismi tartibga keltirilib, zamonaviy avtoturargoh qilindi. Olib borilayotgan sa’y-harakatlarga qaramay, baribir sotuvchilar noqonuniy savdoga yo‘l qo‘yishdan chekinmayapti. 15 yashar qizning janjal oqibatida jabrlangani borasida tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Barcha ishlar qonun doirasida amalga oshiriladi. Shu nuqtai nazardan tadbirkor qaramog‘ida bo‘lgan maktab o‘quvchisining bozorda non savdosiga jalb etilgani ham o‘rganiladi,—dedi hudud profilaktika inspektori, mayor Eldor Aslonov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Suhbat chog‘ida o‘zini jondorlik Gulnora Saidova, deb tanishtirgan ayol:

    — Bolalarimga yordam berish uchun bozorga tez-tez kelib turaman, ularning savdo ishlariga qarashaman. Bozor rahbari o‘tgan yildan buyon farzandlarimga azob berib keladi. Bolalarim chek to‘laydi, shartnoma qilishgan. Ikki nafar sotuvchisi ham bor. O‘zaro kelishmovchilik oqibatida qizim Gulmira Fayziyevani urib, hammayog‘ini ko‘kartirgan. Biror marta qizimning ahvolini so‘rab-surishtirmagan,—dedi.

    “Buxoro Markaziy dehqon bozori” AJ rahbarining o‘rinbosari Gulchehra Avezovaning bildirishicha, tadbirkor Gulmira Fayziyeva bilan bo‘lgan tortishuvda aslida ayol bozor rahbariga shiddat bilan tashlangan. Shu paytda Bobur Sobirov o‘zini chetga olgan va oqibatda qiz betonga yuz qismi bilan yiqilib, jarohat olgan.

    Ma’lum bo‘lishicha, oradan vaqt o‘tib, shaxsan Buxoro shahar hokimi bozor rahbari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazib, tadbirkorga tushunmovchiliklarga chek qo‘yish, yarashib, kelishib ishlash taklifini bildirgan. Biroq u buni rad etgan.

    Surishtiruv davomida 15 yashar qizning kaltaklanishidan tashqari, boshqa muammolar ham mavjudligi aniqlangan. Qator sotuvchi va tadbirkorlar tomonidan bozor ma’muriyati vakillaridan norozilik bo‘lgan. Tartib o‘rnatish o‘zi yoki boshqalar qo‘li bilan urish-urdirish va haqoratlar orqali amalga oshirilayotgani bildirilgan. O‘zini tanishtirishni istamagan bir necha sotuvchilar ham buni inkor etmagan.

    — Noto‘g‘ri gap! Bir necha tadbirkor va sotuvchining fikri bilan xulosa chiqarish kerak emas. Bizning zimmamizga bozorni kapital ta’mirlab, zamonaviy ko‘rinishga keltirish vazifasi qo‘yilgan. Mazkur bozor 2008 yilda qayta qurib topshirilgan. Juda ko‘p joylari ta’mirga muhtoj holga kelgan edi. Biz uni qayta ta’mirladik. Chetdan kelib, kimdir yordam bergan emas. Hamma xarajatlar bozor mablag‘laridan, tushumlaridan qoplandi. Bozorning pul tushumi oldingi yillarga nisbatan bir necha barobar oshdi. Iqtisodiy ko‘rsatkichlar moliyaviy hujjatlar bilan tasdiqlangan. Bozor atrofi va tashqi fasadlarining ta’miridan so‘ng rastalar ta’miriga o‘tildi. Har bir rasta va o‘rin-joylarni ta’mirlab, raqamlab chiqildi. Ular sotuvchi va tadbirkorlarga tegishlicha topshirildi.

    Biroq, shunday sharoitlar yaratib berish barobarida ularga biror mahsulotni yerga qo‘ygan holda sotmaslik talabini ham qo‘ydik. Bu borada har bir tadbirkor bilan kelishuv shartnomalari imzolangan. Mahsulotni ko‘chada yoki yerga qo‘yib sotmaslik, savdo ishini to‘g‘ri va tartibli yo‘lga qo‘yish maqsadida savdo madaniyati talab qilinayotgani bir necha tadbirkor hamda sotuvchilarga yoqmayapti. Chunki ular yillar davomida o‘z mahsulotlarini yerga qo‘yib, savdo qilib kelishgan. Shuning uchun ham ular o‘ziga belgilangan rastalar borishni istamayapti. Yashirishning hojat yo‘q, ko‘p bor o‘zimning ham yoqalarimni yirtib tashlashgan. Ammo hech qachon o‘zim tomonimdan ham, ma’muriyat vakillari tomonidan ham urish yoki birov orqali urdirish buyrug‘i berilmagan.. Vakolatimdan kelib chiqib, o‘z xizmat vazifamni bajarishga, ya’ni ularni qonun doirasida ishlashga, tartib bilan savdo qilishga chaqirishga majburman, — deydi “Buxoro Markaziy dehqon bozori” AJ rahbari Bobur Sobirov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Buxoro Markaziy dehqon bozori” AJ hamda tadbirkorlar o‘rtasidagi shartnomadan tashqari, sotuvchi va tadbirkorlar tomonidan “Belgilab berilgan talablarni to‘g‘ri tushungan holda men o‘z savdo faoliyatimni qonun doirasida amalga oshirishga, faqat bozor ma’muriyati tomonidan belgilangan joyda savdo qilishga, yerda o‘tirib savdo qilmaslik haqida ushbu tilxatni beraman. Ushbu tilxatda qayd etilgan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda menga nisbatan qonun doirasida chora ko‘rilishi va jamiyat hududida savdo faoliyatimni olib borishim ta’qiqlanishi haqida ogohlantirildim” mazmunida tilxat yozilgan.

    Biroq, bozor nazoratchilarining aytishicha, sotuvchi va tadbirkorlarga to‘g‘ri talab qo‘yilsa, ular xodimlarga ta’sir o‘tkazishga harakat qilish holati ham ko‘p kuzatilgan.

    — Bir necha sotuvchi va tadbirkorlar ortlarida turgan lavozimdor shaxslar qo‘ng‘iroq qilib, “Senga muammo kerakmi?!” deyishadi. Yerda va ko‘chada mahsulotini sotuvchilar bir kunda bir necha bor yig‘ishtiriladi. Har bir tadbirkorning boshiga kun-uzun o‘tirmaymiz-ku! Biz tartib talab qilsak, biz bilan talashib, yoqalashishadi,—deydi nazoratchi Tilla Shodmonov.

    “Buxoro Markaziy dehqon bozori” AJda quruq mevalar, meva-sabzavotlar rastasi, go‘sht rastasi, sut mahsulotlari, shuningdek, poliz mahsulotlari hamda tayyorlov savdo rastasi mavjud. Jami 1472 nafar sotuvchi va tadbirkor xzmati yo‘lga qo‘yilgan. Afsuski, bozorda sodir bo‘layotgan janjallar 90 foiz sotuvchilarning o‘z mahsulotlarini rastalarda emas, ko‘chada va yerda olib borishayotgani oqibatida yuzaga kelgan. Yaratilgan imkoniyat va shart-sharoitlardan to‘liq foylanilmagan. Ne’matlarning oyoq ostida pullanayotgani esa achinarli.

    “Daryo” muxbiri tadbirkor va sotuvchilarning bu boradagi fikrlariga qiziqar ekan, “Bitta menmi, yerda sotayotgan, anavilarga qarang”, “Rastadan hech kim so‘ramaydi, chunki rastadagi mahsulotni qimmat, deb o‘ylashadi”, “Hamma yerda sotayapti-ku!”, “Nima edi, istagan joyimda sotaman, gap bormi?!” tarzidagi qarash va iddaolar bildirishgan.

    O‘zini Oysuluv Muhammedova deb tanishtirgan tadbirkorning aytishicha, gullar savdosi bilan shug‘ullanadi, o‘z do‘koni bor. Ammo ayrim sotuvchilarda shartnoma, hujjat yo‘q. Yerda sotuvchi savdogarlardan pul olinadi, chek berilmaydi. “O‘zaro kelishuv” asosida ishlanadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Holat bo‘yicha surishtiruv davomida Buxoro viloyat soliq boshqarmasi matbuot xizmati guruhi ham hamrohlik qildi. Shu kuni Buxoroda “Ko‘cha bozori savdosiga qarshimiz” oyligi e’lon qilindi.

    — Ushbu oylikdan ko‘zlangan maqsad bozorlar, savdo komplekslari hamda tijorat do‘konlari atrofini obodonlashtirish, tovarlarni faqat savdo do‘koni ichida sotish va ularni binoning tashqarisiga chiqarmaslik, sanitariya normalari, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, shuningdek, shoxobchada nazorat-kassa mashinasi, to‘lov terminali mavjud bo‘lishi hamda ularni belgilangan tartibda ishlatishni ta’minlashdir.

    Oylik davomida chakana savdo faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan savdo qoidalari, sanitariya normalari va yong‘in xavfsizligi talablari buzilganda aybdorlarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari qo‘llaniladi, — deya ta’kidladi Buxoro viloyat soliq boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Bahodir Fayziyev.

    23.05.2019, 11:57   Izoh (0)   104027
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toyloq tumani davlat soliq inspeksiyasiga yangi rahbar tayinlandi

    23.05.2019, 11:24

    Po‘lat Bobojonov: “Kunim o‘tsa bo‘ldi” deydigan xodim IIV tizimida ishlay olmaydi

    23.05.2019, 10:51

    Markaziy bank davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish bo‘yicha auksion natijalarini e’lon qildi

    23.05.2019, 10:40

    G‘olibsher Ziyayev Bosh vazir qabulxonalari kotibiyati mudiri etib tayinlandi

    23.05.2019, 10:16

    Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi: “O‘zbekistonning eng yaxshi oliygohlari reytingi” qanday mezonlarga asoslangan?

    23.05.2019, 10:05

    “O‘zgidromet”: O‘zbekistonda havoning o‘rtacha harorati global ko‘rsatkichlardan ko‘ra yuqoriroq ko‘tarilmoqda

    23.05.2019, 09:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.