• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12980.16
    • RUB161.63
    • EUR14606.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijondagi sobiq masjid binosi nima sababdan kimoshdi savdosiga qo‘yildi?

    “Xabar.uz” nashrida Andijonda sotuvga qo‘yilgan masjid hamda uning atrofidagi mashmashalar haqida maqola chop etildi. Quyida maqola to‘lig‘icha havola etildi.

    Foto: “7news.uz”

    Foto: “7news.uz”

    Andijon shahridagi sobiq masjid binosida yashayotgan oilalarga uy-joy berilgani xo‘b yaxshi ish bo‘ldi-da. Ayniqsa, Ramazonda! Muborak oyda amalga oshirilgan xayrli ishlarning savobini ayting...

    Sobiq masjid binosining o‘zi-chi? Uning taqdiri nima bo‘ladi?

    “Sobiq masjid binosi” deyayotganimiz qo‘lma-qo‘l bo‘lishi natijasida hujjatlarda “savdo va mashiy binolar”ga aylanib, Andijon shahar hokimligi huzuridagi infratuzilma mulklarini boshqarish markazi tasarrufiga o‘tib ketgan obyekt ekanini ko‘plar ilg‘ayotgan bo‘lsa kerak. Ozmuncha yozilyaptimi bu haqda? Andijon shahridagi Do‘stlik ko‘chasi 7-manzilda joylashgan bu obyektga hazilakam mehnat va mablag‘ ketmagandir?! Axir, umumiy foydalanish maydoni 1 716,24 kv. metr, qurilish maydoni 1 931,86 kv. metr bo‘lgan 18 ta xonadan iborat ikki qavatli binoni ko‘tarib, juda sifatli holda ta’mirdan chiqarishning o‘zi bo‘lmaydi-da.

    Barcha chiqimlar homiylik va hashar yo‘li bilan amalga oshirilgani e’tiborga olinsa, bu dargohning g‘isht-u sinchiga savobtalablarning mehnati, mablag‘idan tashqari mehriyam singganini his etish mumkin.
    Mazkur obyekt ayni paytda rasman sotuvga qo‘yilgani bugun kimga sir? Sababi ham ma’lum: avval aytilganidek, Andijondagi “Eldaz Design” degan mas’uliyati cheklangan jamiyat “Aloqabank”ning viloyat filialidan 1 150 000 000 so‘m kredit olarkan, garovga sobiq masjid binosi qo‘yib yuboriladi. Kredit to‘lovlari vaqtida amalga oshirilmagani sabab ish sudgacha yetib, Andijon tumanlararo iqtisodiy sudining shu yil 24-yanvardagi hal qiluv qaroriga ko‘ra undiruv garovdagi mulklarga qaratiladi.

    Ayni paytda sobiq masjid binosining Majburiy ijro byurosi changaliga tushib, kimoshdi savdosiga chiqib ketishining boisi shu.

    Bu yog‘i nima bo‘ladi?

    Hozirda sud qarori qonuniy kuchda. Demak, sud qarori bekor bo‘lmaguncha voqealar rivoji kelgan joyidan shu zaylda davom etaveradi. Chunki, masalaga sud qarorini bekor qilishdan boshqa huquqiy yechim yo‘q. Buning uchun yuqori bosqichga murojaat qilish talab etiladi.

    Hamma balo shundaki, yuqori bosqichga javobgarlar — “Eldaz Design” MChJ va Andijon shahar hokimligi huzuridagi infratuzilma mulklarini boshqarish markazidan boshqa sub’ektning murojaat qilish huquqi yo‘q. Javobgar esa sud boshlanishi hamono «oq bayroq»ni ko‘tarib, taslim bo‘lgan-qolgan...

    Masjid binosi garovga qo‘yilib, kredit olinishini mutasaddilar tadbirkorlikni (tadbirkorni desak to‘g‘ri bo‘ladi aslida) qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘lashi aniq. Har holda hujjatlar shunga dalolat qilmoqda. Ya’niki, “Eldaz Design” MChJ xomashyo sotib olishga mablag‘i yo‘qligi bois kredit masalasida amaliy yordam so‘rab, Andijon shahar hokimligiga murojaat qilgan. Mutasaddilar bunga “labbay” deya javob berar ekan, shahar hokimligi huzuridagi infratuzilma mulklarini boshqarish markazi balansidagi sobiq masjid binosini qo‘shqo‘llab garovga qo‘yishadi.

    Xullas, kredit masalasi favqulodda hal etiladiki, bunaqa tezkorlik rivojlangan G‘arbda ham uchramasa kerak.
    Mana, qarang: “Eldaz Design” MChJ o‘tgan yilning 16 mart kuni kerakli miqdordagi kreditni so‘rab, “Aloqabank”ning Andijon filialiga murojaat etadi va... shu kunning o‘zida murodi hosil bo‘ladi?!

    Tasavvur qilyapsizmi buni?!

    Ya’niki, o‘sha kuniyoq tomonlar o‘rtasida garovga qo‘yilayotgan ob’ektning boshlang‘ich bahosi kelishilib, dalolatnoma tuzadilar. Vakolatli baholovchilar sobiq masjid binosining narxini 1 mlrd. 651 million 775 ming 108 so‘m deyishgan ekan. Biroq tomonlar “bozor holatidan kelib chiqib” uning bahosini 767 million 500 ming so‘m etib belgilashadi (tafovutning kattaligini qarang!).

    Yana deng, bank mutasaddilari shu kunning o‘zida (!) yig‘ilish o‘tkazib, ko‘rsatilgan miqdordagi kreditni berish haqida qaror chiqarishga ulgurgani-chi?

    Mazkur qaror siyohi qurib-qurimay kredit shartnomasi ham imzolanadiki, bunday tezkorlikdan hayratlanmay iloj yo‘q...

    Shu o‘rinda eslatib o‘tish shart: kredit 18 oy muddatga (yillik 20 foiz ustama to‘lash sharti bilan 3 oy imtiyozli davri bilan) berilgandi...

    Voqealarning keyingi rivoji ma’lum.

    MChJ kredit to‘lovini vaqtida amalga oshirmaydi. Vassalom.

    Bank sudga murojaat qilgan paytda (2019-yil, yanvar) kreditning qaytarilmagan tani 1 milliard 116 million. 761 so‘mni, muddati o‘tgan foizlari miqdori 53 million so‘mdan oshib, penyasi esa ikki yarim million so‘mni qoralab qolgandi...

    Qayd etilgan raqamlar MChJ kredit to‘lovlarini vaqtida amalga oshirish haqida hatto jiddiyroq o‘ylamaganini mantiqan tasdiqlamayaptimi? Chunki ko‘ngil to‘q-da: do‘ppi tor kelsa, bank garovdagi mulklarni oladi, jonini emas.

    Shunday bo‘ldi ham. Mana, bank amalda masjid, qog‘ozda “savdo va maishiy binolar”ga ega chiqib turibdi.

    Yuqoridagi manzaralar masjid binosidan “unumli” foydalanish uchun o‘ylangan “hiylai shar’iy”mi yoki sirli va sehrli kredit olishdagi o‘yinlardan belgi beruvchi “aysberg”ning uchimi?
    Bu savolning javobi prokuratura organlariga tan.

    Andijon aholi eng zid yashaydigan hudud. Shaharni-ku, aytmang: burunga qo‘ngan pashshani haydamoqchi bo‘lgan odamning qo‘li qo‘shnining yuziga tushadi. Har qarich yer oltinga barobar. Agar rostdanam “savdo va maishiy bino” bo‘lganida ushbu obyekt tadbirkor-u uddaburon andijonliklar o‘rtasida talash bo‘lib, allaqachon egasini topib ketardi, ishonovring! Biroq ko‘p yillardan beri masjid sifatida foydalanib kelingani, zamona zayli bilan maqomini yo‘qotganiga qaramay bu maskanga birorta boyvachcha “ot solmagani” sababiyam shunda bo‘lsa, ehtimol. Chunki, masjid — Allohning uyi, uni sotib olib, ishlab chiqarishmi yoki savdo uyimi, ishqilib, tijorat maskaniga aylantirishga birim ikki bo‘lsin degan hammayam jur’at qilolmaydi. Moddiy manfaatdan e’tiqod quvvati baland kelaveradi bunday holatda. Zotan, e’tiqod — hassos tuyg‘u, u bilan hatto hazillashib bo‘lmaydi.

    23.05.2019, 09:30   Izoh (0)   35141
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Men ham namoz o‘qiyman” kitobi Brayl yozuvida nashr etildi

    23.05.2019, 09:25

    Qashqadaryoda 40 mingta kitob ortilgan karvon tumanlarga yo‘l oldi

    23.05.2019, 09:10

    Samarqandda barpo etiladigan mehmonxona “Halol” standarti bo‘yicha O‘zbekistondagi ilk mehmonxona bo‘ladi

    23.05.2019, 08:50

    Davlat statistika qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    23.05.2019, 08:37

    Qozog‘iston bankiga O‘zbekistonda faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berildi

    23.05.2019, 08:25

    Navoiylik ayol 6 yashar bolasini 15 mln so‘mga sotayotganda ushlandi

    23.05.2019, 08:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fransiyada hayvonot bog‘ida chaqmoq urishi oqibatida 13 kishi jarohat oldi

    Dunyo | 14 may, 23:55

    “Rossiya-Ukraina mojarosining yakuni butun Yevropa taqdirini hal qiladi” — Fridrix Merts

    Dunyo | 14 may, 23:40

    Robert De Niro “Oltin palma yaprog‘i”ni qo‘lga kiritdi va Donald Trampni tanqid qildi

    Kino | 14 may, 23:25

    Turkiya hukumati Tramp tashrifini 15-mayda emas, balki yaqin kunlarda kutmoqda — OAV

    Dunyo | 14 may, 23:16

    “Daryo” dayjesti: 14-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 14 may, 22:50

    Vaqt sinovidan o‘tgan: bosh rollarni qayta-qayta ishonib topshiriladigan 5 ta kino juftlik

    Layfstayl | 14 may, 22:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.