Timur Ishmetov O‘zbekiston moliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinladi, deya xabar qiladi “Gazeta.uz”. 2017-yildan u Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Timur Ishmetov 1979-yilda Toshkentda tug‘ilgan. 2000-yilda Toshkent moliya institutini, 2005-yilda Birmingem universitetining International Money and Banking yo‘nalishida magistratura bosqichini, 2007-yilda Toshkent yuridik universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2000-yilda Markaziy bank iqtisodchisi lavozimidan boshlagan. 2017-yil apreligacha turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatdi. Jumladan, turli vaqtlarda MBning Monetar operatsiyalar departamenti, Xalqaro rezervlarni boshqarish departamenti, Ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar va Valyuta boshqaruvi va nazorati departamentiga rahbarlik qildi.
Eslatib o‘tamiz, Moliya vazirining avvalgi birinchi o‘rinbosari Ahadbek Haydarov Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga rahbar etib tayinlangan edi.
Izoh (0)