Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Muftiy Usmonxon Alimov 21-may kuni Vashingtondagi AQSh Tinchlik institutida tashkil etilgan davra suhbatida nutq so‘zladi. Bu haqda Musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Foto: Musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Tadbir O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi va AQSh Tinchlik instituti tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unda Usmonxon Alimov O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy va e’tiqod erkinligi borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.

Xususan, O‘zbekistonda masjidlar soni 2 056 tani, diniy ta’lim muassasalari soni 12 tani tashkil etganini qayd etdi. Shuningdek, o‘tgan yillarda Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ikkita oliy diniy ta’lim muassasasi — Mir Arab oliy madrasasi va Hadis ilmi maktabi tashkil etilganini so‘zlab berdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibidagi Oliy Majlis a’zolari — Senatning Tashqi ishlar qo‘mitasi raisi Alisher Kurmanov va Qonunchilik palatasi a’zosi, Inson huquqlari milliy markazi direktori Akmal Saidov hamda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov ham davra suhbatida so‘zga chiqdi va e’tiqod erkinligi borasidagi savollarga batafsil javob berdi.

“Davra suhbati ishtirokchilari — ekspertlar, tahlilchilar va soha mutaxassislari tomonidan O‘zbekistondagi ‘Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish’ tamoyili iliq qarshi olindi va amalga oshirilayotgan ilohotlarga yuqori baho berildi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq muftiy Usmonxon Alimovning AQShga jo‘nab ketgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Xarkovdagi Starlink antennasi, orkestr ostida safarbarlikka kuzatilayotgan rossiyaliklar. Urushning 215-kunidan fotoreportaj
Dunyo
Rossiyadan Osiyoga neft eksporti kamayadimi?
Madaniyat
Gollivud aktyori Alek Bolduin sakkizinchi marotaba ota bo‘ldi