Namangan viloyati Chust tumanidagi fermer dalasidan buloq chiqqan va uning suvi shifobaxshligi uchun minglab odamlar shu yerga oqib kelmoqda, deb xabar beradi “Human.uz”.

Foto: “Human.uz”

Ta’kidlanishicha, hatto qo‘shni viloyatlardan ham mazkur buloq suvi uchun odamlar navbat kutmoqda.

“Hozircha bularning barchasi mahalliy aholi vakillarining ma’lumoti. Ushbu holat yuzasidan tahririyat mutasaddi tashkilotlar bilan bog‘lanishga harakat qilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Namanganlik mashhur oshpaz Bahriddin Chustiy o‘zining Facebook’dagi sahifasida ushbu videoga munosabat bildirib, Chustda bunaqa buloq yo‘qligini ma’lum qilgan.

Skrinshot: Facebook / Bahriddin Chustiy