Isroil va G‘azo sektorini nazorat qiluvchi XAMAS harakati yarim yillik tinchlik sulhi haqida kelishuvga erishdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Falastinliklar G‘azo sektori va Isroil chegarasida tartibsizliklarni to‘xtatish va chegara bo‘ylab 300 metr atrofida oraliq masofani saqlashga va’da bergan.
Isroil buning evaziga sektorga dori-darmon kiritilishiga ruxsat berish, falastinliklar uchun baliq ovlash hududini kengaytirishga rozi bo‘lgan.
Oldinroq Isroil va Falastin Misr vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishgani bildirilgandi.
Izoh (0)