“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya chempionatida mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi (MVP) deb topildi, deb xabar berdi La Gazzetta dello Sport.
A Seriyada eng yaxshi o‘yinchi Opta Sports va Netco Sports ma’lumotlariga tayanib aniqlandi hamda A Seriya, Italiya Kubogi va Superkubogi uchrashuvlari hisobga olindi.
34 yoshli portugaliyalikka mazkur sovrin 19-may kuni bo‘lib o‘tgan “Yuventus”—“Atalanta” uchrashuvi oldidan taqdim etildi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2018/19-yilgi mavsum A Seriyada 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 11 ta golga assistentlik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)