O‘zbekistonning eng kuchli odami, Arnold Classik musobaqasi chempioni va boshqa ko‘plab musobaqalar g‘olibi Sergey Trubitsin navbatdagi rekordni o‘rnatdi, deb xabar beradi “Nuz.uz”.

Foto: “Nuz.uz”

Toshkent shahar hokimining kubogi doirasida Trubitsin og‘irligi 18 tonnalik MAN yuk avtomobilini joyidan siljitib, 15 metrgacha sudray oldi. Natijani Ginnesning rekordlari kitobi vakillari ham hisobga oldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!