18-may, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Kubogi finalida “Manchester Siti” “Uotford” darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi (6:0).
Gracenote Live’ning xabar berishicha, bitta jamoa tomonidan mazkur musobaqa finalida 6 ta gol urilgan tarixdagi uchinchi va 1903-yildan buyon birinchi hodisa bo‘ldi.
So‘nggi bor “Beri” jamoasi 1902/03-yilgi mavsum finalida “Derbi Kaunti”ga qarshi o‘yinda javobsiz 6 ta gol urgandi (6:0).
1889/90-yilgi mavsum finalida esa “Blekbern” “Sheffild Uensdey” ustidan g‘alaba qozongandi (6:1).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)