Nurota tumani hokimi Kanadaning Macro-Advisory Eurasia strategic consulting korxonasi vakillari bilan uchrashdi, bu haqda “Xalq so‘zi” xabar qiladi.
Navoiy viloyatida Amerika Qo‘shma Shtatlari hamda Kanada davlatlarining xorijiy ishbilarmon doiralari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning mamlakatdagi diplomatik korpus vakillari ishtirokidagi “Navoiy hududini o‘zingiz uchun kashf qiling — biznesingiz uchun yangi gorizontlar joyi (Discover Navoi Region — place for achieving new horizons for your business)” nomli O‘zbek-Amerika-Kanada biznes-forumi doirasida Nurota tuman hokimi va Kanadaning Macro-Advisory Eurasia strategic consulting korxonasi bilan mazkur masalada kelishuv memorandumi imzolandi.
Ushbu tadbir Nurota sayyohlik jozibadorligi oshishiga xizmat qiladi.
Izoh (0)