Britaniyalik shaxs Pablo Pikasso asarining asl nusxasini garajdagi savdoda 293 dollarga sotib oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: Sky News

Mutaxassislar sotib olingan ushbu suratni Pablo Pikasso asarining asl nusxasi deb topdi. Uni Buyuk Britaniyaning Kroli shahridan bo‘lgan antikvar buyumlar to‘plovchisi sotib olgan.

Ta’kidlanishicha, ushbu san’at asarining haqiqiy bahosi 955 ming dollarni tashkil etishi mumkin.