Shavkat Mirziyoyev Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi maktab-internatga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Maktab oldida shoir byusti o‘rnatilgan xiyobon barpo etilgan. Bilim dargohida umumta’lim fanlari bilan birga, ona tili va adabiyotni chuqur o‘rganish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Sinfxonalar, kutubxona, sport zali, yotoqxona zamonaviy jihozlangan. Bugungi kunda bu yerda 150 nafar iqtidorli yigit-qiz ta’lim olmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Muhammad Yusufning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan mo‘’jazgina muzeyni ko‘rdi. Maktab o‘quvchilari shoir she’rlaridan namunalar o‘qib berdi.
Davlat rahbari mutasaddilarga maktab-internat o‘quvchilari uchun avtobus ajratish, boshqa viloyatlardagi ijod maktablariga borib, tengdoshlari bilan muloqot qilishiga ko‘maklashish, viloyat televideniyesida o‘quvchilar ishtirokida ko‘rsatuvlar tayyorlash bo‘yicha topshiriq berdi.
Izoh (0)