• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Oliy Majlis deputatlari hukumatga avtomobillarning kunduzi chiroq yoqib yurishi shartligi haqidagi qoidani bekor qilish bo‘yicha taklif kiritdi

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Rasul Kusherbayev, Abdurashid Qodirov va Jamshid Pirmatov O‘zbekistonda avtomototransport vositalari chiroqlarni yoqib harakatlanishi shartligi haqidagi qoidani bekor qilish yuzasidan murojaat bilan chiqdi. Quyida uni to‘liq keltiramiz.

    Foto: Trend

    Foto: Trend

    Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi №292-sonli qarori bilan yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish kiritilgan edi.

    Unga ko‘ra, jumladan, kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shartligi belgilandi. Aynan ushbu kiritilgan o‘zgartirish ko‘pchilik fuqarolar tomonidan norozilik bilan qarshi olinib, bunday o‘zgartish kiritishga asoslar yetarli emasligi, transport vositalarining bugungi kundagi texnik holati mos kelmayotganligi kabi e’tirozli fikrlar bildirilmoqda.

    Jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlariga ham saylovchilar tomonidan shu mazmundagi ko‘plab murojaatlar qilinmoqda.

    Biz bu o‘rinda yangi hujjatning ishlab chiqilishi va qabul qilinishidan asosiy maqsad haydovchi va piyodalarning xavfsizligini ta’minlashda yuqori natijalarga erishish nazarda tutilganligini e’tirof etamiz. Ammo...

    Yuqoridagilardan kelib chiqib, ushbu masala bo‘yicha quyidagilarni xulosa qilish mumkin.

    Birinchidan, bizning sharoitimizdagi bunday qarorni qabul qilishda bir qator o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olinmagan. Jumladan, O‘zbekistonda yil davomida sutkaning asosiy qismi yorug‘ vaqtga to‘g‘ri kelishi sababli piyodalar va yo‘lovchilarning harakatlanishida inson ko‘zining atrofni to‘liq ilg‘ab olishi uchun quyosh yorug‘ligining yetarli ekanligi.

    Ikkinchidan, mamlakatimiz iqlim sharoitini inobatga olsak, yil davomida kunlarning asosiy qismi issiq, yog‘ingarchilik kam, tuman va havo kam bulutli mintaqa ekanligi inobat olinmagan. Masalan, Moldovada bunday tartib faqat qish mavsumida amalga kiritilgan va tartibni buzganlik uchun jarima choralari qo‘llanilmaydi.

    Uchinchidan, kunduz kunlari, shu jumladan yoz faslida haroratning o‘ta yuqori vaqtida ham chiroqlarning yoqib yurilishiga eski rusumdagi avtomobillarning mos holda ishlab chiqarilmaganligi.

    Mazkur masalada Yevropa mamlakatlari tajribasiga tayanilsa, ularda bunday tartib 2011-yildan amalga kiritilgan bo‘lib, barcha avtomobil ishlab chiqaruvchilarga yangi avtomobillar uchun kunduzgi avtomatik yonuvchi chiroqlarni o‘rnatishi shartligi belgilangan. 2011-yilgacha ishlab chiqarilgan, avtomatik chiroqlari yonmaydigan avtomobil egalariga esa majburiy chiroqlarni yoqib yurish tartibi yo‘q.

    Shundan kelib chiqib, mamlakatimizdagi avtomobil ishlab chiqaruvchilar yoki chetdan avtomobil olib kiruvchilarga ham chiroqlarning avtomatik ravishda yonib turishini ta’minlovchi faralar bilan jixozlash majburiyatini yuklash zarur bo‘ladi.

    To‘rtinchidan, so‘ngi yillardagi amaliyotga mos ravishda ijtimoiy ahamiyatga ega muhim normativ huquqiy hujjatlar keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishi va bildirilgan takliflar asosida takomillashtirilib, shunga mos ravishda ko‘rib chiqish bo‘yicha huquqiy asos va amaliyot bo‘lishiga qaramasdan hujjatda jamoatchilik fikri inobatga olinmagan.

    Beshinchidan, 2016-yil sentabr oyiga qadar amalda bo‘lgan Yo‘l xarakat qoidalarining 138-bandidan kelib chiqib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasiga “tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzganlik” uchun eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima belgilash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-sonli Qonuni tahriridagi dispozitsiyasi deputatlar tomonidan ma’qullanib, qonun qabul qilingan edi.

    Biroq, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Yo‘l harakati qoidalarining 138-bandiga kiritilgan “Kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shart” degan o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-sonli Qonunining tegishli qismi konsepsiyasiga mos kelmaydi.

    Oltinchidan, ushbu tartibga rioya etmaslik oqibatida to‘lanishi kerak bo‘lgan jarima miqdorlari o‘rtacha oylik ish haqlariga nisbatan Italiyada 85 marta, Latviyada 146 marta, Sloveniya 56 marta, Finlyandiya 82 marta kamni tashkil etadi. Bizda esa belgilangan jarima miqdori o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 16-17 marta kamni tashkil etmoqda.

    Ushbu asoslardan kelib chiqqan holda biz bir guruh deputatlar Vazirlar Mahkamasi hamda Ichki ishlar vazirligiga Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi №292-sonli qarori bilan yo‘l harakati qoidalariga “kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shart”ligi bo‘yicha kiritilgan o‘zgartirishni bekor qilish yoki jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda takomiliga yetkazish, shu jumladan, bunday qoidabuzarlik uchun jarima belgilamaslik masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha taklif kiritdik.

    Umid qilamizki, tez kunlarda mazkur masala o‘zining ijobiy yechimini topadi.

    17.05.2019, 15:37   Izoh (0)   64028
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi

    17.05.2019, 15:22

    Shavkat Mirziyoyev Muhammad Yusuf nomidagi maktab-internatga tashrif buyurdi

    17.05.2019, 14:50

    Respublika ko‘z kasalliklari shifoxonasida imtiyozli ravishda operatsiyalar o‘tkaziladi

    17.05.2019, 14:31

    Shavkat Mirziyoyev eski uylarda yashayotgan odamlarga munosib sharoitlar yaratish bo‘yicha topshiriq berdi

    17.05.2019, 13:45

    Bosh prokuratura Toshkentda iste’molga yaroqsiz sariyog‘ savdosiga chek qo‘ydi

    17.05.2019, 13:34

    Toshkentdagi Turin politexnika universitetida Italiya universiteti bilan hamkorlikda doktorantlar tayyorlanadi

    17.05.2019, 12:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.