“Portu” darvozaboni Iker Kasilyas futbolchilik faoliyatiga yakun yasaydi, deb xabar berdi O Jogo.
37 yoshli ispaniyalik tez kunlarda karyerasini yakunlashi haqida e’lon qiladi. Shu bilan birga u “Portu”ni tark etmaydi, ammo klub tizimida qoladi.
Klub prezidenti Pintu da Koshtaning tasdiqlashicha, “Portu” allaqachon Kasilyas o‘rniga darvozabon qidirmoqda.
Ma’lumot uchun, Iker Kasilyas joriy mavsum Primeyro doirasida 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, shulardan 18 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kasilyas yurak xurujini boshidan o‘tkazganligi haqida xabar berilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)