Nyu-Yorkdagi Gudzon daryosiga havoda parvoz qilayotgan shaxsiy vertolyotlardan biri qulab tushdi. Bu haqda shahar politsiya boshqarmasiga tayanib, “Korrespondent” xabar berdi.
Vertolyot uchuvchisi Manxetten va Gudzon orasidagi 30-ko‘chada joylashgan uchish-qo‘nish yo‘lagiga qadar yetib bora olmagan. Noxush hodisa oqibatida uchuvchining qo‘li singan. Vertolyot bortida boshqa ekipaj a’zolari yoki yo‘lovchilar bo‘lmagan.
Qutqaruvchilar vertolyotni suvdan chiqarib, maydonga olib borishga muvaffaq bo‘ldi.