Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori Botir Qudratxo‘jayev 10-may kuni Byuroning Mirobod tuman bo‘limida poytaxtning Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek, Bektemir, Mirobod, Sergeli va Chilonzor, 11-may kuni esa Yunusobod tuman bo‘limida Shayxontohur, Yunusobod, Uchtepa, Yakkasaroy va Olmazor tumanlari aholisi uchun sayyor qabullarni o‘tkazdi, bu haqda Majburiy ijro byurosi “Daryo”ga ma’lum qildi.
Ushbu qabul kunlarida 17 nafar fuqaro va yuridik shaxslarning murojaati eshitildi. Murojaatlar bo‘yicha fuqarolarni qiynayotgan muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni joyida bartaraf etish choralari ko‘rildi.
Xususan, Yakkasaroy tumanida yashovchi fuqaro G. Xudoyorovaning xonadoniga hisoblash uskunasini qo‘ydirishda amaliy yordam ko‘rsatish hamda fuqaro M.Yo‘ldoshevaning qarzdorligini qoplash masalalariga oid murojaatlari hamkor idoralar bilan tegishli tartibda yordam ko‘rsatish orqali hal etish uchun nazoratga olingan.
Ma’lumot o‘rnida: MIB direktorining sayyor qabullari hozirda Toshkent viloyati hududlarida davom ettirilmoqda.
Izoh (0)