Rossiyalik xonanda MakSim YTHdan keyin ilk konsertini 25-may kuni Toshkentda, “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida beradi. Bu haqda qo‘shiqchi MY5 telekanali orqali muxlislariga videomurojaatida ma’lum qilgan.
Shu yil aprel oyida MakSim “Abonent nedostupen” qo‘shig‘iga klip olish uchun safarga otlanayotib, bexos sodir bo‘lgan YTH sabab Moskva shifoxonalaridan biriga yotqizilgandi. Hozirgi paytda uning sog‘lig‘i ancha tiklangan va u Toshkent safariga hozirlik ko‘rmoqda.
— Assalom, quyoshli Toshkent! Biz sizlar bilan 25-may kuni “Xalqlar do‘stligi” saroyida ko‘rishamiz! Qalbimiz ardog‘idagi sara qo‘shiqlarimiz, ajib tuyg‘ularimizni mehmondo‘st shahar ahliga taqdim etamiz! — deydi MakSim.
Izoh (0)