O‘zbekistonga 2019-yilning 15—19-may kunlari AQSh Eksimbankining kredit va biznesni rivojlantirish bo‘yicha katta vakili Duglas Fray tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mehmon tashrif doirasida Navoiyda 16—17-may kunlari o‘tkaziladigan birinchi O‘zbekiston—Amerika—Kanada biznes-forumida ishtirok etadi.Duglas Fray, shuningdek, Moliya, Qishloq xo‘jaligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari, O‘zbekiston Milliy banki, “Asaka” va “O‘zsanoatqurilishbank” rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Unda Milliy bank va Eskimbank o‘rtasida 2018-yil mayida imzolangan anglashuv memorandumini amalga oshirish doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmini kengaytirish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Ushbu memorandumda O‘zbekiston bozorida faoliyat yuritayotgan AQSh kompaniyalariga 100 millon dollargacha miqdorda kredit ajratish nazarda tutilgan.
Izoh (0)