Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,5 milliard so‘mni tashkil qildi, bu haqda Tovar-xomashyo birjasi ma’lumotiga tayanib Spot xabar qiladi.
6-maydan 12-maygacha bo‘lgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 573 ta avtomobil raqamlari sotildi.Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,5 milliard so‘mni tashkil qildi.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 22,7 foiz birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 50,1 foiz ikkinchi va 27,2 foiz uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.
Shu jumladan, birja savdolarining hajmi 607,7 milliard so‘mdan 712,1 milliard so‘mga oshdi. Valyuta savdo maydonchasi orqali 2,6 million dollarga teng tovarlar sotilib, avvalgi xaftaga nisbatan 52,1 foizga pasayish bo‘lgan.
Izoh (0)