Samarqanddagi istirohat bog‘laridan birida attraksionda uchayotgan qiz otilib chiqib ketdi, deb xabar berdi Repost.

Foto: Repost

Qizning tushib ketganini pastda turgan odamlardan biri tasodifan videoga olgan. Videoda qiz katta tezlikda attraksion o‘rindig‘idan otilib ketgani, himoya panjarasini urib o‘tib yerga qulagani aks etgan.