8-may kuni O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza etuvchi organ xodimlari tomonidan Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Tezkor tadbir davomida shu tumanning Muhammad Yusuf ko‘chasida yashovchi G‘.K, Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi M.Mga Parkent tumani Boyqozon qo‘rg‘onida joylashgan 195 gektar yer maydonini o‘z tanishlari yordamida tuman hokimligidan ijara shartnomasi tuzish orqali uning ihtiyoriga o‘tkazib berishini va’da qilib, undan jami 100 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan Mirzo Ulug‘bek tumanida olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)