Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Qonunchilikdagi yangiliklar” brifingi va matbuot anjumanida magistraturaga kirish tartibidagi o‘zgarishlar ma’lum qilindi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, magistraturaga kirishda quyidagilar bekor qilindi:
- magistraturaga kiruvchilarning ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlash maqsadida tanlangan mutaxassislikka mos savollar asosida suhbat;
- “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha sinov;
- O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani bo‘yicha sinov.
O‘qishini bahorgi semestrga qayta tiklash bo‘yicha ariza topshirish har yili 15-yanvardan 25-yanvargacha davom etadi. Ilgari 20-dekabrdan keyingi yilning 20-yanvariga qadar edi.
Izoh (0)