Londonda Royal Festival Hall binosida BAFTA TV Awards 2019 mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Benedikt Kamberbetch. Foto: EPA

Mukofot Amerikaning Emmy mukofotining britancha muqobili hisoblanib, Britaniya kino va televizion san’at akademiyasi tomonidan televideniye sohasidagi yutuqlar uchun beriladi.

Bu yil “Yevani o‘ldirib” televizion shousi eng yaxshi dramatik serial deb topildi. Yana ikkita asosiy — eng yaxshi aktyor va eng yaxshi aktrisa yo‘nalishida Benedikt Kamberbetch (“Patrik Melrouz”) va Jodi Komer (“Yevani o‘ldirib”) g‘olib bo‘ldi.

BAFTA sovrindorlarining to‘liq ro‘yxati esa quyidagicha:

  • Eng yaxshi dramatik serial — “Yevani o‘ldirib”
  • Eng yaxshi erkak roli — Benedikt Kamberbetch, “Patrik Melrouz”
  • Eng yaxshi ayol roli — Jodi Komer, “Yevani o‘ldirib”
  • Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor — Ben Uishou, “O‘ta inglizcha mojaro”
  • Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa — Fiona Shou, “Yevani o‘ldirib”
  • Eng yaxshi mini-serial — “Patrik Melrouz”
  • Eng yaxshi “sovunli opera” va davomli drama — “Ist-End aholisi”
  • Eng yaxshi xalqaro serial — “Merosxo‘rlar”
  • Must-See nominatsiyasi — “Tansoqchi”.