Bir yo‘la 3 nafar futbolchi joriy mavsum Angliya Premyer ligasining eng yaxshi to‘purarlariga aylandi.
Bular — Muhammad Saloh va Sadio Mane (ikkalasi ham — “Liverpul”), Pyer-Emerik Obameyang (“Arsenal”). Ularning hisobida 22 tadan gol mavjud.
Ta’kidlash joiz, Saloh 38 ta uchrashuvda shuncha gol urgan bo‘lsa, Mane va Obameyangga 36 ta o‘yin kifoya qildi.
Gabonlik futbolchi shundan 4 tasini 11 metrlik jarima zarbasidan kiritgan bo‘lsa, Saloh hisobida penaltidan kiritilgan 3 ta gol mavjud. Manega esa barcha gollarini o‘yindan urdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)