Qoraqalpog‘istonda 10-may kuni Matiz avtomobilining yonib ketishiga elektr simlarning qizishi sabab bo‘lgan. Bu haqda “Kruz.uz” xabar bermoqda.
“Matiz tutab yona boshlaganda atrofdagi odamlar telefoniga video olish bilan mashg‘ul bo‘lgan. Hech kim “101” ga xabar bermagan. Agar vaqtida xabar berilganida talafot katta bo‘lmas edi. Sababi, YoXB voqea yuz bergan joydan 1 km ga yetmaydigan uzoqlikda joylashgan. Odamlar esa faqat video olib turavergan”, – deydi Qoraqolpog‘iston Respublikasi YoXB katta muhandisi, leytenant A.Abdiraxmanov.
10-may kuni soat taxminan 10:03 da Ellikqal’a tumani Guliston OFY hududida Matiz avtomashinasi yonib ketgan. Oqibatda mashinaning motori, saloni, eshiklari hamda salon ichidagi hujjatlariga zarar yetgan.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in xavfsizligi boshqarmasi o‘tni 6 daqiqada bartaraf etgan.
Izoh (0)