Zarnews iftorlik payti rioya qilish lozim bo‘lgan beshta tibbiy tavsiyani keltirib o‘tdi.

Foto: Zarnews

  1. Bir stakan suv ichib, iftorlik ovqatini yemay, bir necha daqiqa kutib turish lozim.
  2. Asosiy ovqatni yemasdan oldin salatlardan tanovul qilish zarur. O‘zingizni biroz to‘ygandek his qilsangiz, o‘n daqiqa kuting-da, so‘ngra ovqat yeyishni davom ettiring.
  3. Iftorlik taomini shoshmasdan, ohista yeyish lozim. Shunda hazm jarayoni mukammal bo‘lib, qorin shishishining oldi olinadi.
  4. Iftorlikni yeb bo‘lgan zahoti shirinlik yemaslik kerak. Chunki bu ham hazmni qiyinlashtiradi. Shirinlikni asosiy taomdan bir necha soat keyin yegan yaxshi.
  5. Iftorlik bilan saharlik orasida 1,5 yoki 2 litr suv ichish tavsiya qilinadi. Shunda tanangiz kun davomida yo‘qotgan suyuqlikning o‘rnini to‘ldirib oladi.