“Roma”da mavsum oxirida bosh murabbiy almashadi. Bu haqda klubning rasmiy saytida xabar berildi.
Klaudio Ranyeri matbuot anjumanida jamoani tark etishini ma’lum qildi.
“Mening jamoadagi faoliyatim mavsum oxirida o‘z nihoyasiga yetadi”, — dedi murabbiy.
67 yoshli mutaxassis Eusebio Di Francheskoning iste’fosidan keyin 2019-yilning mart oyidan boshlab “Roma”ni boshqarib kelayotgandi.
Eslatib otamiz, Ranyeri 2009-yildan 2011-yilgacha ham mazkur jamoada bosh murabbiy sifatida ishlagandi.
Ma’lumot uchun, Rim klubi A Seriya 35-turidan so‘ng 59 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)