• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda zargarlikning barcha turlarini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

    Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni zargarlik tarmog‘ini rivojlantirish, zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarga sharoitni kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Zargarlik mahsulotlari butun dunyoda talab yuqori bo‘lgan tovarlardan. Jahon zargarlik sanoatida ishlab chiqarish hajmi yiliga 5-6 foizga o‘sayotgani, tovar aylanmasi 250 milliard dollardan oshayotgani uning ulkan eksport salohiyatidan dalolat beradi.

    Mamlakatda bu tarmoq e’tibordan chetda qolgandi. Zargarlik korxonalari asbob-uskunalarining 80 foizi eskirgan, ayrimlarida ishlab chiqarish to‘xtagan edi.

    Qimmatbaho metallarni zargarlarga sotishda ham ko‘plab cheklovlar bor edi. Joriy yil 1-martdan boshlab qimmatbaho metallarni ishlab chiqaruvchilarga birja orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishga ruxsat berildi.

    Endigi maqsad zargarlikni chinakam sanoat darajasiga olib chiqish. Davlat rahbari buning uchun xomashyodan samarali foydalanish, tarmoqqa faol investitsiya jalb etib, zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish kerakligini ta’kidladi.

    Tilla, platina va kumush narxining yuqoriligi sababli tizim korxonalari aylanma mablag‘i ko‘p emas. Shu bois zargarlik sanoatida soliq yukini qayta ko‘rib chiqish, import qilinadigan xomashyo va uskunalarni bojxona to‘lovlaridan ozod qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Davlat zargarlik korxonalariga xalqaro brendga ega kompaniyalar investitsiyalarini jalb qilish, ishlab chiqaruvchilar uchun qimmatbaho metallar xarid qilishga imtiyozli kredit ajratib, ularni qo‘llab-quvvatlash zarurligi qayd etildi.

    O‘zbekistonda zargarlik asosan taqinchoqlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Aslida esa bu sohaning yo‘nalishlari ko‘p. Tilladan yasalgan soat, ruchka va turli esdalik sovg‘alari, kumushdan tayyorlangan oshxona to‘plamlari jahon bozorida juda xaridorgir.

    Masalan, 4 kilogramm kumush ishlatiladigan bitta oshxona to‘plami o‘rtacha 4 ming dollar turadi. Mamlakatda yiliga 100 tonnadan ziyod kumush ishlab chiqarilishini inobatga olsa, bunday mahsulotlar eksportini bir necha million dollarga yetkazish mumkinligi oydinlashadi.

    O‘zbekistonda berill, ametist, feruza, malaxit, lazurit, opal kabi qimmatbaho toshlar zaxiralari bo‘lsa-da, ular sanoat darajasida o‘zlashtirilmagan. Shulardan kelib chiqib, yig‘ilishda zargarlikning barcha turlarini rivojlantirish, tarmoq uchun zarur toshlarni o‘zlashtirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Hozirda yakka tartibdagi zargar-tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish huquqiga ega emasligi sababli vositachi do‘konlarga topshirishga majbur bo‘lmoqda. Shuningdek, asillik darajasini belgilash, tayyor zargarlik buyumlarini chet elga olib chiqishga oid tartiblarning murakkabligi ham aholi va tadbirkorlarga noqulaylik tug‘dirmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident mazkur masalalarni hal etish uchun, yakka tartibda zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarga o‘z mahsulotlarini sotish huquqini berish zarurligini ta’kidladi.

    Asillik darajasini belgilovchi tamg‘ani mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonaning o‘zi qo‘yishi, jismoniy shaxslar tomonidan zargarlik buyumlarini chet elga olib chiqish tartibi soddalashtirilishi lozimligi qayd etildi. Chakana savdo nuqtalarida zargarlik buyumlarini qabul qilish va sotishning elektron hisobini yuritish, noqonuniy savdoning oldini olish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

    Yig‘ilishda berilgan topshiriq va zarur chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan qaror loyihasi tayyorlash vazifasi qo‘yildi.

    08.05.2019, 18:45   Izoh (0)   11833
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qarshida saratonga chalingan ayolga uy berildi

    08.05.2019, 18:30

    O‘zbekistonda ekstremistik tashkilotlar nomlari ro‘yxati ma’lum qilindi

    08.05.2019, 18:15

    9-may kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutiladi?

    08.05.2019, 17:45

    Toshkent hayvonot bog‘i BAA kompaniyasi bilan hamkorlikda yangilanadi

    08.05.2019, 17:15

    Chirchiqdagi “O‘lmas polk” uchun rasman ruxsat olinmagan

    08.05.2019, 17:01

    Sirdaryoda pensiya tayinlash uchun topshirilgan hujjatlar noto‘g‘ri ekanligi ma’lum bo‘ldi

    08.05.2019, 17:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.