Samarqand davlat chet tillari institutiga Ispaniyaning Kastilya La-Mancha universiteti delegatsiyasi keldi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Universitetning xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Fatima Gomez boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan ispan tili o‘qituvchilari va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash, ilmiy tadqiqot sohalarida hamkorlik o‘rnatish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, institutning Roman-german tillari fakulteti qoshida talabalarni ispan tilini o‘rganishga rag‘batlantirish, ularga qo‘shimcha sharoit yaratish hamda bilimlarini yanada oshirish maqsadida ispan tili markazi ochildi.

Tashrif yakunida Kastilya La-Mancha universiteti va Samarqand davlat chet tillar instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.