Rossiyalik bastakor Yevgeniy Krilatov 8-may kuni 86 yoshida vafot etdi. Meduza’ning xabar berishicha, bu haqda uning qizi Mariya Krilatova ma’lum qilgan.
“Otam bugun ertalab kasalxonada vafot etdi. U ikki tomonlama pnevmoniya bilan og‘rigandi”, — degan u.
Yevgeniy Krilatov “Umka”, “Kanikuli v Prostokvashino”, “Charodei”, “Priklyucheniya Elektronika”, “Gostya iz budushego”, “Dostoyaniye respubliki” kabi 160 dan ortiq sovet film va multfilmlariga musiqa yozgani bilan mashhur.
Bastakor “Priklyucheniya Elektronika” filmiga yozgan musiqasi uchun SSSR davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. Yevgeniy Krilatovga, shuningdek, Rossiya xalq artisti unvoni berilgan. 2010-yilda esa Krilatov Rossiyaning Sharaf ordeni bilan mukofotlangan.
Izoh (0)