O‘ttiz yetti yoshli qozog‘istonlik Leyla Kuljanova “Koinot go‘zali” mukofotini qo‘lga kiritdi, bu haqda Sputnik xabar beradi.
Universe Beauty 2019 go‘zallik tanlovi Turkiyada o‘tkazildi. 1—8-may kunlari o‘tkazilgan tanlovda 20 dan ortiq mamlakat ishtirokchilari qatnashdi.
Universe Beauty go‘zallik, moda, iste’dod bo‘yicha eng obro‘li festival hisoblanadi.
https://www.instagram.com/p/Bqw5_PeA7bL/?utm_source=ig_embed
Tanlovda turli davlatlardan xalqaro tanlov g‘oliblari ishtirok etadi. Tanlovning birinchi bosqichida modellar milliy va sport liboslarda ishtirok etadi. Yakuniy bosqichda tanlov qatnashchilari kechki liboslarda podiumga chiqadi.
Leyla Kuljanova Qozog‘iston Xalq bankining “Xalik-Life” sug‘urta sho‘ba korxonasining direktori, shuningdek, Qozog‘iston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasining a’zosi hisoblanadi.
Kuljanova ikkita oliy ma’lumotga ega — yuridik va moliya, kandidatlik dissertatsiyani himoya qilgan. Ikki nafar farzandi bor.
U o‘tgan yili “Miss Oila 2018” mukofotini qo‘lga kiritgan.
https://www.instagram.com/p/BxEziE3gJgB/?utm_source=ig_embed
Izoh (0)