O‘zbekiston milliy terma jamoasining FIFA kunlaridagi yana bir raqibi nomi ma’lum bo‘ldi, deb xabar berdi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati.
Unga ko‘ra joriy yilning 11-iyun kuni Toshkentga Umar as-Soma boshchiligidagi Suriya terma jamoasi a’zolari tashrif buyuradigan bo‘ldi.
Avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi 7-iyun kuni Toshkentda KXDR bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi haqida xabar berilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)