Google kompaniyasi ixtirochilar uchun o‘tkazilgan I/O 2019 anjumani doirasida Pixel 3a va Pixel 3a XL smartfonlarini taqdim etdi. Yangi qurilmalar 2018-yilning kuzida sotuvga chiqqan Pixel 3 va Pixel 3 XL’ning budjet versiyalari hisoblanadi, deya xabar qiladi Meduza.

Foto: Business Insider

Mazkur smartfonlar 8 megapikselli frontal va 12 megapikselli asosiy kamera (texnojurnalistlar ushbu kameralarni bozordagi eng yaxshilaridan biri deb hisoblamoqda) bilan jihozlangan. Xotirasi 64 gigabaytdan 128 gigabaytgacha. Pixel 3a’ning akkumulyator sig‘imi 3000 mA/soat, Pixel 3a XL’niki esa 3700 mA/soatga teng.

Smartfonlar 7-maydan boshlab dunyoning 13 mamlakatida sotuvga chiqdi (Rossiyada rasman sotuvga chiqmaydi). Pixel 3a’ning narxi 399 dollarga, Pixel 3a XL qurilmasining narxi esa 479 dollarga baholanmoqda.