Yunusobodda 37 yoshli haydovchi boshqaruvidagi “Gazel” 32 yoshli ayolni urib yubordi, deb xabar berdi IIBB matbuot xizmati.
Hodisa 5-may kuni Amir Temur ko‘chasida sodir bo‘lgan. “Gazel” haydovchisi orqaga yurayotganida, yo‘l yoqasida turgan piyodani ko‘rmay qolib, urib yuborgan.
Oqibatda ayol tan jarohatlari olgan va kasalxonaga yotqizilgan.
Izoh (0)