Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44
Quyida e’tiboringizga Hindistonning eng badavlat va talabgir aktyor va aktrisalari TOP-10 taligi havola etiladi. Ushbu ro‘yxatning 1-o‘rnini shubhasiz, Bollivud qiroli Shohruhxon egalladi.
  1. Karina Kapur

Foto: ZeeTv

Foto: ZeeTv
Bollivudning eng mashhur aktrisasi Karina Kapur Xon 10-o‘rinni egalladi.   Forbes’ning “Hindistonning 100 nafar mashhurlari” ro‘yxatida u o‘n uchinchi o‘rinni egallaydi. O‘tgan yili u 36 million dollardan ortiq daromad ko‘rgan.
  1. Priyanka Chopra

Foto: ZeeTv

Foto: ZeeTv
Priyanka Bollivuddagi eng talabgir aktrisalardan biri hisoblanadi. U Hindiston kino olamida mahshurlikka erishgach, xaqaro musiqa san’atida o‘zini sinab ko‘rishga ahd qildi. O‘tgan yili u 39 million dollar daromad ko‘rdi.
  1. Dipika Padukone

Foto: ZeeTv

Foto: ZeeTv

“Om Shanti Om”, “Tezlik 2” hamda “RAM VA Lila” filmlari bilan tanilgan aktrisa o‘tgan yili 40 million dollar daromad ko‘rdi.

U Forbes’ning “Eng mashhur hindistonliklar” ro‘yxatida 11-o‘rinni egallagan.
  1. Ritik Roshan

Foto: ZeeTv

Foto: ZeeTv
Hindiston kinosining “super qahramoni” Ritik Roshan “Bollivudning eng mashhur 10 aktyori” ro‘yxatida yettinchi o‘rinni egallaydi. O‘tgan yili u 63 million dollar daromad ko‘rdi.
  1. Katrina Kaif

Foto: ZeeTv

Foto: ZeeTv
Bollivud go‘zali Katrina Kaifni Hindistonning eng talabgir aktrisalaridan biri deyish mumkin. O‘tgan yili u 63 million dollar daromad topgan.
  1. Ranbir Kapur

Foto: ZeeTv

Foto: ZeeTv
Yangi avlodning eng istiqbolli aktyori Ranbir Kapur ushbu reytingning beshinchi o‘rniga munosib ko‘rildi. Uning o‘tgan yilgi daromadi: 68 million dollar.
  1. Akshay Kumar

Foto: ZeeTv

Foto: ZeeTv
Akshay Kumar shu paytga qadar 100 dan ortiq filmlarda suratga tushgan. U o‘tgan yili 118 million dollar ishlab topdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u Hindistonning eng namunali soliq to‘lovchilaridan biri hisobanadi. U har doim soliqlarni oldindan to‘lab keladi.
  1. Amitabh Bachchan

Foto: ZeeTv

Foto: ZeeTv
Hindistonning afsonaviy aktyori hanuzgacha eng talabgirligicha qolmoqda. U filmlar, reklama yoki boshqa tadbirlarda suratga tushish uchun juda katta haq oladi. Aktyor o‘tgan yili 147 million dollar ishlagan.
  1. Salmon Xon

Foto: ZeeTv

Foto: ZeeTv
Taniqli aktyor o‘tgan yili filmlar va reklama roliklarida suratga tushish orqali 157 million dollar ishladi. Forbes’ning “Eng mashhur hindistonliklar” ro‘yxatida u uchinchi o‘rinda turadi.
  1. Shohruh Xon

Foto: ZeeTv

Foto: ZeeTv

O‘tgan yili film va reklama roliklarida 220 million dollar ishlab topgan aktyor “Bollivud qiroli” reytingning birinchi o‘rnini zabt etdi. Shohruh Xon faqat Hindistonning eng badavlat aktyori emas. U butun dunyoda badavlatlikda ikkinchi o‘rinda turuvchi aktyordir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekistonda yashil energetika davri boshlanganiga uch yil boʻldi. Nimalar oʻzgardi?
Mahalliy
Fotoreportaj: Prezident tashrifiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Namangan
Sport
Lionel Messi Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi