2019-yilning 29-aprel – 5-may kunlari Urganch shahrida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi davlat chegarasi delimitatsiya va demarkatsiya masalalari bo‘yicha O‘zbekiston—Turkmaniston hukumatlararo qo‘shma komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokaralar chog‘ida davlatlararo chegarada amalga oshirilgan qo‘shma dala topografik-geodeziya ishlari natijalari ko‘rib chiqildi, yer balansi dastlabki hisob-kitoblari sarhisob qilindi hamda davlat chegarasining ayrim uchastkalaridan demarkatsiya chizig‘ini o‘tkazish loyihasi tayyorlandi.
“Uchrashuvda demarkatsiya xaritalarini tayyorlash uchun samalyotdan suratga olish ishlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv an’anaviy do‘stlik va hamjihatlik ruhida o‘tdi”, — deyiladi xabarda.
Muzokalar yakunlariga ko‘ra delegatsiya rahbarlari To‘lqin Abdullayev va Mamed Mamedov tegishli protokolni imzolagan.
Izoh (0)