Quyida Turkiyaning 30 yoshdan oshgan eng go‘zal, eng qimmat haq to‘lanadigan to‘rt nafar aktrisasi haqida ma’lumot bermoqchimiz.

Fahriya Evjen, 32 yoshda

Foto: “Haberturk.com”

Fahriya Evjen taniqli turk aktyori Burak O‘zchivitning rafiqasi. Yulduzli juftlik yaqinda o‘g‘il farzandli bo‘ldi.

Aktrisaning so‘nggi ishi “O‘limga qadar” seriali hisoblanadi.

Aktrisa o‘z faoliyati davomida 15 dan ortiq loyihalarda ishlagan. Uni dunyoga tanitgan film esa Burak O‘zchivit bilan suratga tushgan — “Choliqushi” seriali hisoblanadi.

Selen Soyder, 32 yosh

Foto: “Haberturk.com”

Selen Soyder kino olamiga modellik faoliyati orqali kelgan.

2007-yilda u “Turkiya go‘zali” unvoniga sazovor bo‘lgan. Shundan so‘ng Selenning kino olamidagi faoliyati boshlandi.

Oradan uch yi o‘tib Selen “Lolalar vaqti” serialida suratga tushdi. U hammasi bo‘lib 5 ta loyihada ishtirok etgan.

Hande Soral, 32 yosh

Foto: “Haberturk.com”

Turkiya kinosining eng yaxshi aktrisalaridan biri Hande Soral seriallarda rollar ijro etishda davom etmoqda. U asosan Usmoniylar imperiyasi haqidagi seriallardagi rollari bilan mashhur.

Bir paytlar u taniqli aktyor Okan Yalabik bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan. Biroq 2017-yilda Hande “Ko‘sem”da rol ijro etgan aktyor Ismoil Demirjiga turmushga chiqqan.

O‘zge O‘zpirinji, 33 yosh

Foto: “Haberturk.com”

O‘zge O‘zpirinji ko‘plab film, seriallar hamda TV-dasturlarda suratga tushgan. U hatto qisqa metrajli qo‘rqinchli filmga prodyuserlik ham qilgan.

“Yana sevgi” filmidagi Zaynab obrazi aktrisani elga tanitgan rollaridan biri hisoblanadi.