• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbek bunday demaydi”. O‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori til atrofidagi bahslarga munosabat bildirdi

    Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Sirojiddinov rus tiliga rasmiy maqom berish borasidagi takliflar bo‘yicha o‘z munosabatini bayon qildi.

    Foto: ToshDO‘TAU

    Foto: ToshDO‘TAU

    Til – millatning mavjudlik sharti. Millat vujud bo‘lsa, til - uning ruhi. Shu bois o‘zini tanigan, o‘zligiga ega har bir millat ona tili rivojini hayot-mamot masalasi deb biladi. Til taraqqiysi uchun bor imkoniyatini ishga soladi. Bundan 30 yil oldin davlat tili haqida qonun qabul qilingani – til taraqqiyotini huquqiy jihatdan kafolatlagan edi. Biroq o‘tgan davr mobaynida o‘zbek tilining qo‘llanish doirasini to‘liq ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratilmadi. Natijada davlat tilida ish yuritish ahamiyatsizdek bo‘lib qoldi. Buning oqibatida “eski tuzum tarbiyasini olganlar” bepisandlik bilan o‘zbek tilining qadrini yerga urish va “rus tilida ish yuritish”ga majburladi. O‘zbek ziyolilarining bezovta nolishlari va yoshlarning dod-faryodiga hech kim quloq solmadi. Ushbu tahlikali vaziyat davlatimiz rahbarlarini tashvishga solmaganmi deysiz.

    2016-yilda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining tashkil etilishi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Prezidentning Davlat maslahatchisi tomonidan 2018-yil 15-mayda tasdiqlangan “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini keng joriy etish va yanada takomillashtirish bo‘yicha Harakatlar rejasi” bo‘yicha tizimli ishlar tashkil etilgani, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashi tomonidan bu masala alohida nazoratga olinib, 2018-yil 15-noyabrdagi “Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Toshkent shahrida ijro etilishini o‘rganish natijalari bo‘yicha KK-456-Sh – son qarori va shu asosda Bosh vazir tomonidan tasdiqlangan “yo‘l xaritasi” bu yo‘nalishdagi kamchiliklarni bartaraf etish davlatimiz rahbarining e’tiborida turganini anglatadi. Qolaversa, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida lotin alifbosini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhi ikki yarim yil davomida ijtimoiy tarmoqlarda keng jamoatchilik fikrini o‘rganib, chuqur ilmiy tahlillarga asoslangan takliflarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etgan. Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 7 bob, 29 moddadan iborat O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi ishlab chiqildi. Jumladan, unda 1995 yilda qabul qilingan “Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-, 7-, 8-, 10-, 13-, 16-, 18-, 19-, 20-, 21-, 22-, 24- moddalariga o‘zgartirish ko‘zda tutilgan. Ta’kidlash zarurki, Qonunning yangi tahriri huquqiy sohada va milliy qonunchilikda amalga oshirilayotgan islohotlarni o‘zida to‘liq aks ettirish hamda “Davlat tili haqida”gi Qonunga to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilish, uning ijrosini so‘zsiz ta’minlash, shu kungacha davlat va jamiyatda ko‘zga tashlangan ko‘plab muammolarga yechim topishga yo‘naltirilgani bilan ajralib turadi.

    Biroq shuni tan olishimiz kerakki, bu ishlar uzoq yillar cho‘zilib keldi. Ming afsuski, bugungi kunda ona tili taqdiri uchun qayg‘urish tuyg‘usi millatimizning har bir farzandida qalb amri darajasiga ko‘tarilgan, deya olmaymiz. Aks holda, “Vesti.uz” saytida olim, jurnalist, huquqshunos, san’atkor, bastakor va hokazodan iborat bir guruh “o‘zbek ziyolilari” O‘zbekistonda rus tiliga rasmiy til maqomini berish taklifini ilgari surmagan bo‘lar edi.

    Murojaat nihoyatda puxta o‘ylangan reja asosida tayyorlanganligi ko‘rinib turibdi. Bizning “og‘riqli” nuqtalarimizga urg‘u berish orqali nochor qilib ko‘rsatishdan tap tortmaslik hanuz oramizda o‘zini “fidoyi vatanparvar” ko‘rsatgan milliy g‘oyamiz dushmanlari ko‘pligini ko‘rsatadi. Men bu o‘rinda ularning har bir mulohazasi ketida nima anqib turganini yaxshi tasavvur qilib turibman. “Aqlli tahlillar”dan ko‘zlangan maqsad meni daxshatga solmoqda. Qo‘ynimizdagi ilonlar chaqishga xezlandi. Bunga aslo yo‘l qo‘yish mumkin emas! Konstitutsiya va qonunlar orqali huquqiy mustahkamlab qo‘yilgan ona tilimizni himoya qilish o‘rniga bizning rus xalqi va uning tiliga bo‘lgan chuqur hurmatimizdan foydalanib o‘zlarining xufiya maqsadlarini amalga oshirishga kirishganligidan ularning millati o‘zbek ekanligiga shubha qilib qoldim. Bu jirkanch maqsad ostida jamiyatni parokanda qilish, yurtimizda tinch-totuv yashab kelayotgan millat va elatlar o‘rtasiga nifoq solish, ongi to‘liq shakllanmagan yoshlarni xayolini buzish rejalari yo‘q deysizmi? Rus tilini ikkinchi rasmiy til sifatida kiritish taklifi bir bahona, xolos! Bularga ko‘rsatilgan shuncha ehtirom, e’zoz – hayf! Bukrini go‘r tuzatadi, deganlari shu bo‘lsa kerak.

    Shu nuqtada o‘zimizda ham ayb bordek. Tezlik bilan lotin yozuviga asoslangan alifbomizni isloh etib, to‘liq joriy etishga shoshilishimiz, bunga qarshi bo‘lganlarga zarba berishimiz kerak. Qozog‘iston bu masalani shartta hal qildi, qo‘ydi. Biz nimani kutyapmiz? Universitet tomonidan alifboni takomillashtirish, imlo qoidalarini ishlab chiqish, “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish kiritish haqida ilmiy asoslangan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga kiritilgan. Amaliy ishlarga o‘tish vaqti kelmadimi? Senat kengashi tomonidan ilgari surilgan “Davlat tili to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlash va davlat tilida ish yuritish hamda reklama yozuvlarini nazorat etuvchi “Til inspeksiyasi”ni tashkil etish haqidagi rejani amalga oshirish zarur. O‘zbek tiliga to‘g‘ri va adolatli munosabatni shakllantirish, unga har tomonlama e’tiborni kuchaytirish, uni zamonaviy ilm-fan, internet tiliga aylantirish lozim. Shundagina xalqimizning qalbi orom topadi, buzg‘unchi g‘oyalarning payi qirqiladi. O‘zbekistonda o‘zbek tili chinakam davlat tiliga aylanadi.

    06.05.2019, 00:02   Izoh (0)   82920
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyadagi “Rakus” tashkiloti direktori Andijonga tashrif buyurdi

    05.05.2019, 22:40

    “Chirchiq” poligonida qudratli texnikalar bellashuvi yakunlandi. G‘oliblar nomi ma’lum (foto)

    05.05.2019, 22:20

    Qarshida profilatika inspektorlariga xizmat planshetlari topshirildi

    05.05.2019, 22:00

    Sherzodxon Qudratxo‘jayev: O‘zbek tili maqomini mustahkamlash uchun internetda o‘zbekcha kontentni ko‘paytirish zarur

    05.05.2019, 21:40

    “Vaqf” fondi Samarqandda 4 ta masjid qurmoqda

    05.05.2019, 21:00

    Andijonda o‘tkazilgan “Adliya sayli”da 60 nafar fuqaro ishli bo‘ldi

    05.05.2019, 19:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Pokiston Xitoy bilan “beshinchi avlod” samolyotlari sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolangani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

    Dunyo | 29 iyun, 15:45

    Pishgan va mazali mevalarni tanlash bo‘yicha 9 maslahat

    Maslahatlar | 29 iyun, 15:30

    Rossiya strategik bombardimonchilar ishlab chiqariladigan yagona korxonasini kengaytirmoqda

    Dunyo | 29 iyun, 15:15

    Janubiy Koreya va Markaziy Osiyo davlatlari sammiti 2026-yilga qoldirildi

    O‘zbekiston | 29 iyun, 15:00

    Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonini ziyorat qilishni tavsiya qildi

    Sport | 29 iyun, 14:48

    Xiaomi kamera, dinamika va mikrofonli AI Glasses smart ko‘zoynaklarini e’lon qildi

    Layfstayl | 29 iyun, 14:40

    O‘zbekistonda ziplayn va kanatli park qurish rejalashtirilgan tuman va shaharlar ro‘yxati e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 29 iyun, 14:20

    O‘zbekistonda hafta boshida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 29 iyun, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.