“Napoli” hujumchisi Dris Mertens Italiya A Seriyasining 35-turida “Kalyari” bilan kechgan bahsda bitta golga mualliflik qildi (2:1).
Bu belgiyalikning “Napoli” safidagi 107-goli bo‘ldi. Natijada u klub tarixida to‘purarlar bahsida 3-o‘rinni egallab turgan “Napoli” sobiq hujumchisi Attila Sallustroga yaqinlashib oldi. Uning hisobida 108 ta gol mavjud.
Gracenote Live’ning xabar berishicha, Mertens “Napoli” tarkibida A Seriyada 82 ta golga mualliflik qildi. Ushbu ko‘rsatkichda u klub sobiq hujumchisi Diyego Maradonani ortda qoldirib (81 ta gol), 3-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.
Birinchi va ikkinchi o‘rinlarni Antonio Voyak (102) va Marek Hamshik (100) egallab turibdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)